Uz / Ўз Ru En

Toshkent

15/Oktabr/2021   Siyosat

Belgiyada O‘zbekistonning Afg‘oniston mojarosini hal etish va mamlakatda tinchlik o‘rnatish borasidagi tashabbuslari taqdim etildi


BRYUSSЕL, 15 oktabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonning Bryusseldagi elchisi Dilyor Hakimov kecha Belgiyaning «Yevropa siyosati markazi»  tahliliy markazi tomonidan tashkil etilgan Afg‘oniston inqirozining mintaqaviy va global oqibatlari mavzusiga bag‘ishlangan vebinarida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Tadbirda, shuningdek, Fridrix Ebert jamg‘armasining Afg‘oniston bo‘yicha eksperti Magdalena Kircher, Yevropa parlamenti a’zosi Petras Austrevicius va Vudro Vilson tahliliy  markazining Janubiy Osiyo bo‘yicha katta ilmiy xodimi Maykl Kulegman qatnashdi.

O‘zbekiston diplomatiya missiyasi rahbari mamlakatimizning Afg‘oniston mojarosini hal etish va bu mamlakatda tinchlik o‘rnatish borasidagi tashabbuslarining mazmun-mohiyati haqida so‘zlab berdi. Xususan, Afg‘oniston jamiyatining barcha tabaqalari vakillarini davlat boshqaruvidagi ishtirokini ta’minlash va ekstremizmning o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik muhimligi qayd etildi.

- O‘zbekiston afg‘on xalqiga har doim barcha zarur yordamni ko‘rsatib kelmoqda, - dedi o‘zbek diplomati. - Yaqinda O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasi ochildi, ushbu mamlakatga oziq-ovqat, neft mahsulotlari va elektr energiyasi yetkazib berish qayta tiklandi.

O‘zbekiston hukumati Afg‘onistonga 1 ming 300 tonna insonparvarlik yordami, jumladan, un, sariyog‘, go‘sht, guruch va boshqa muhim mahsulotlarni yetkazib bergani ma’lum qilindi.

Vebinarda xorijiy ekspertlar ham Afg‘onistondagi vaziyatning bugungi holati va rivojlanishi haqidagi baholari va qarashlarini bildirdi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti: Tibbiyot va taʼl...

Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizda faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlari va ...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi Afg‘...

«O‘zbekiston Afg‘onistondagi, jumladan, chegaradosh shimoliy viloyatlardagi harbiy-siyosiy...

MDH gumanitar hamkorlik rejasi loyihasid...

Minsk shahrida MDH ga a’zo davlatlarning 2021-2022-yillarga mo‘ljallangan gumanitar hamkor...

So`nggi yangiliklar