Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Oktabr/2022   Dolzarb

Belgiyadan munosabat: Mustaqillik yillarida O‘zbekiston va Vengriya bir-birini yangidan kashf etdi, bir-biridan o‘rgandi, hamkorlikni rivojlantirdi

BRYUSSEL, 6-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston-Niderlandiya do‘stlik jamg‘armasi raisi Dalia Altuntepe O‘zbekiston Prezidentining 3-4 oktyabr kunlari Vengriyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifi haqidagi fikrlarini yo‘lladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


– Prezident Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga tashrifi nafaqat O‘zbekiston tashqi siyosatining Yevropa vektori yana-da faollashganidan dalolat beradi, balki Vengriya  Turkiy davlatlar tashkilotida Yevropaning yagona kuzatuvchi davlati ekanini inobatga olib, ushbu mamlakatning Osiyo yo‘nalishini mustahkamlashga ham xizmat qiladi.

Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi geografik masofa katta bo‘lishiga qaramay, ular bir-biriga qanchalik yaqin ekanini taʼriflash uchun yangi iboralar shart emas.

O‘zbekistonning Vengriyaga nisbatan anʼanaviy qarashlari bor, chunki ikki mamlakat xalqlarining ildizlari bir, hatto ularning tillarida ham umumiy so‘zlar ko‘p, deb ishoniladi. Qolaversa, vengerlar ham, o‘zbeklar ham yer bilan ishlashni yaxshi biladigan, ajoyib meva va sabzavotlar yetishtiradigan zo‘r dehqonlardir. Bejiz emaski, ikkala davlat ham agrar kuchlar hisoblanadi.

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston va Vengriya bir-birini yangicha kashf etdi, bir-biridan o‘rgandi, hamkorlikni rivojlantirdi. Chunki har ikki davlat iqtisodiyotning yangi tarmoqlarini deyarli noldan yaratish, qurish va rivojlantirish bo‘yicha katta tajriba to‘plagan. Bu borada O‘zbekiston-Vengriya hamkorligi istiqbolli, albatta.

Shuni ham qayd etishni istardimki, har ikki davlat rahbarlari nafaqat o‘z yurtida, balki xalqaro maydonda hurmat qozongan siyosatchilar hisobladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, xalqaro siyosatda tarixni kuchli shaxslar o‘rtasidagi do‘stlik yaratadi, degan fikrga yana bir bor qo‘shilish mumkin.

Mavzuga oid

Fransiyadan munosabat: O‘zbekistonda ins...

Fransiyadagi Xalqaro taʼlim va birdamlik assotsiatsiyasining (A.S.I.E) rivojlanish bo‘yich...

O‘zbekistonning Dubaydagi Bosh konsullig...

Mamlakatimiz Bosh konsulligida “Viver” xalqaro xayriya tashkiloti raisi Maykl Xoffman, «Ay...

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirlig...

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida kecha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oli...

So`nggi yangiliklar