Uz / Ўз Ru En

Toshkent

07/Dekabr/2021   Dolzarb

Belgiyadan munosabat: O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga davlat tashrifi natijalari mintaqaning boshqa davlatlari uchun ham muhim ahamiyatga ega


 BRYUSSEL, 7 dekabr. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga davlat tashrifi yakunlarini “Dunyo” axborot agentligi uchun Energetika xartiyasi kotibiyatini kengaytirish bo‘limi boshlig‘i Marat Terterov quyidagicha izohladi:

– O‘zbekiston va Qozog‘iston Markaziy Osiyo va Yevroosiyoda ikkita asosiy va yetakchi davlatlardir.

Bular siyosiy, iqtisodiy yo‘nalishda, xususan, biz Energetika xartiyasida yaqindan kuzatib turgan energetika iqtisodiyotida turli sohalarda mintaqada yetakchilik qilayotgan ikkita juda muhim hamkorlardir.

Tashrif ikki davlat tashqi ishlar vazirliklarining o‘zaro hamkorligi, bojxona faoliyatini tartibga solish, Qozog‘iston tomoni ko‘p yillar davomida boy tajriba to‘plagan kosmosga oid ikki tomonlama hujjatlarga boy bo‘ldi.

Bu tashrif mintaqadagi boshqa davlatlar uchun ham muhim ahamiyatga ega. Ikki davlat rahbarlari uchrashib, yuksak muloqotni amalga oshirayotgani boshqalarga ham mintaqa aholisi manfaati yo‘lida hamkorlik qilish, birgalikda harakat qilish zarurligidan dalolat beradi.

Biz mintaqani faol rivojlanayotganini ham ko‘ryapmiz. Markaziy Osiyo vakillari ishtirok etadigan ko‘plab tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ikki davlat Prezidentlari ko‘magida bu jarayon yana-da rivojlanadi.

Mavzuga oid

Tailanddan munosabat: Dunyo mamlakatlari...

Tailand ijtimoiy rivojlanish va inson xavfsizligi vazirligi ijtimoiy rivojlanish masalalar...

Moliya vazirligi vakillari global videok...

O‘zbekiston moliya vazirligi tomonidan «Raiffeisen Bank International» bilan hamkorlikda 3...

Onlayn-sammit O‘zbekiston va Pokiston o‘...

Bu fikrni “Al-Axbor” va «National Herald Tribune» gazetalari bosh muharriri, xalqaro aloqa...

So`nggi yangiliklar