Uz / Ўз Ru En

Toshkent

14/Aprel/2021   Ilm-fan

Belgiyalik olim Qoraqalpog‘istonda baliqchilikni rivojlantirishga yordam berish istiqbollarini o‘rganmoqda


BRYUSSEL, 14-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Belgiyadagi elchixonasi taniqli olim, Gent universiteti professori Patrik Sorgeloos bilan videokonferensiya o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) loyiha menejeri Pol Shumaxer ham ishtirok etdi.

Tomonlar belgiyalik mutaxassisni Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashining artemiya ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi vazifasiga tayinlash, shuningdek, loyihani moliyalashtirish uchun GIZ mablag‘larini jalb qilish masalalarini muhokama qildi.

Taʼkidlash kerakki, artemiya Artemia turiga mansub suv qisqichbaqasimonlarining umumiy nomidir. Ushbu qisqichbaqasimonlar baliq uchun ozuqa sifatida alohida ahamiyatga ega. Artemiya suvi sho‘r ko‘llarda yashaydi va deyarli barcha qitʼalarda uchraydi.

Professor Patrik Sorgeloos ishtirokchilar eʼtiboriga dunyoda artemiya sanoatining bugungi rivojlanish holati, shuningdek, uni O‘zbekistonda sanoat usulida etishtirish istiqbollari, xususan, loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni taqdim etdi.

Belgiyalik olim Qoraqalpog‘istondagi artemiya va boshqa suv jonzotlarini ko‘paytirishning hozirgi holati va salohiyatini tahlil qilish uchun O‘zbekistonga may oyining ikkinchi yarmida safar qilishga tayyorligini tasdiqladi.

Olim O‘zbekistonga tashrifi davomida ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurtlari talabalari va respublika baliqchilik sanoati vakillari uchun maʼruzalar o‘qishni rejalashtirmoqda.

Mavzuga oid

O‘zbekistonda o‘quvchilarni birinchi sin...

Joriy yilda Toshkent shahrida ilk bor birinchi sinfga qabul uchun hujjatlarni topshirish “...

Qabul kvotalari tasdiqlandi

Prezident qarori bilan 2020/2021 o‘quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi.

“QS Global Education News” nomli nufuzli...

“QS EECA reytingidan joy olgan O‘zbekistonning yagona instituti” sarlavhasi ostida Toshken...

So`nggi yangiliklar