Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Sentabr/2021   Media

Belgiyalik sayyoh O‘zbekiston Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mukofoti bilan taqdirlandi


BRYUSSEL, 23-sentabr. /“Dunyo” AA/. Belgiyaning «Het Belang van Limburg» saytida belgiyalik jurnalist Marlin Tutenel O‘zbekiston Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) tomonidan taqdirlangani haqidagi maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Unda Marlin Tutenel O‘zbekiston Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimovdan O‘zbekiston haqidagi turkum maqola va fotosuratlari, xususan, o‘zbek milliy to‘y marosimlari to‘g‘risida hikoya qiluvchi ijodiy ishlari uchun mazkur faxriy mukofotni qabul qilib olgani tafsilotlari o‘quvchilar eʼtiboriga havola qilingan.

Maʼlum qilinganidek, mukofot O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan respublikaningg Bryusseldagi elchixonasida bo‘lib o‘tgan qabul marosimi doirasida belgiyalik jurnalistga taqdim etildi.

«Marlin turmush o‘rtog‘i Jon Reinxard bilan O‘zbekistonga tez-tez borishni xush ko‘radi, - deb yozadi «Het Belang van Limburg» sayti. - Marlin va uning turmush o‘rtog‘i O‘zbekiston haqida tayyorlayotgan kitobga maʼlumotlar to‘plash uchun yana o‘zbek zaminiga sayohat qilishni rejalashtirmoqda».

Mavzuga oid

O‘zbek xalqining madaniyati va an’analar...

Italiyaning «Gazzetta dell Emilia Romagna» onlayn-nashri sahifasida o‘zbek milliy liboslar...

Tojikiston ommaviy axborot vositalari Na...

Tojikistonda ommabop hamda ko‘p sonli obunachilarga ega «Xalq ovozi» gazetasida joriy yil...

Buxoro shahrida o‘tkaziladigan “Barqaro...

Saudiya Arabistonida joylashgan Islom hamkorlik tashkilotining axborot agentliklari birla...

So`nggi yangiliklar