Uz / Ўз Ru En

Toshkent

04/Dekabr/2022   Hamkorlik

«Better Cotton Initiative» kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda

 STOKGOLM, 4 dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Shvetsiyadagi Muvaqqat ishlar vakili Nodir G‘aniyev «Better Cotton Initiative»  xalqaro notijorat tashkilotining operatsion direktori Lena Staafgard bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Muzokaralar chog‘ida «Better Cotton Initiative» tashkilotining O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, mamlakatimiz paxta-to‘qimachilik klasterlariga paxta yetishtirishni jahon andozalari darajasida tashkil etishga ko‘maklashish bo‘yicha rejalari muhokama qilindi.

Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning bugungi holati, shuningdek, O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarining Shvetsiyaga eksportini oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.

Lena Staafgard «Better Cotton Initiative» tashkiloti o‘zbekistonlik hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlash maqsadida Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va k...

AQSHda tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyala...

Yevropadagi yirik forumda O‘zbekiston ko...

«Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Yevgeniy ...

Toshkentda iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha ...

Kecha Toshkentda Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari bilan sheriklik aloqalarini rivojlant...

So`nggi yangiliklar