Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Mart/2022   Toshkent xalqaro investitsiya forumi

Birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi O‘mon nashri nigohida

MASKAT, 28-mart. /«Dunyo» AA/. O‘mon Sultonligida chop etiladigan «Asdaa Oman» gazetasining veb-sahifasida joriy yil 24−26-mart kunlari O‘zbekiston poytaxtida o‘tkazilgan birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumiga bag‘ishlangan maqola chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri. 


Maqola mazkur nashrning bosh muharriri Ali al-Hasaniy qalamiga mansub.

O‘mon jamoatchiligi mazkur forumni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ochgani, unda dunyoning ko‘plab mamlakatlari va qator yirik moliya institutlari vakillari, jumladan, Jahon savdo tashkilotining rahbariyati qatnashganidan voqif qilingan.

“O‘zbekiston Prezidentining nutqida mamlakat iqtisodiyotini isloh qilishda, jumladan, soliq yukini yengillashtirish, bojxona bojlarini kamaytirish, soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va investitsion muhitni yaxshilash borasida erishilgan natijalar sanab o‘tildi. Mazkur chora-tadbirlar natijasida iqtisodiyotga jalb qilingan yillik xorijiy investitsiyalar hajmi uch yarim barobarga oshib, so‘nggi 5 yilda ularning umumiy qiymati 25 milliard dollarni tashkil etdi. Buning hisobiga 59 mingta investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi 2,5 milliondan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishiga munosib hissa qo‘shdi”, deb yozadi jurnalist Ali al-Hasaniy.

Shuningdek, maqolada 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasining asosiy yo‘nalishlariga alohida eʼtibor qaratilgani holda, unda keltirilgan aniq dalil va raqamlar O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun jozibador mamlakat ekanini yaqqol tasdiqlashi alohida taʼkidlangan.

Mavzuga oid

Malayziyada Toshkent xalqaro investitsiy...

Malayziya poytaxtida I Toshkent xalqaro investitsiya forumiga bag‘ishlangan brifing bo‘lib...

Rasmiy: Toshkent xalqaro investisiya for...

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov T...

Birinchi Toshkent xalqaro investitsiya ...

Hindiston va Nepalning qator onlayn nashrlarida 24-26 mart kunlari mamlakatimiz poytaxti...

So`nggi yangiliklar