Uz / Ўз Ru En

Toshkent

15/Oktabr/2021   Madaniyat

Birlashgan Arab Amirliklarida o‘zbek tilini o‘rganishga qiziqish ortmoqda


DUBAY, 15-oktabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Respublikasining Dubay shahridagi Bosh konsulxonasida Birlashgan Arab Amirliklarida istiqomat qilib kelayotgan vatandoshlarimiz, diasporal tashkilotlar va media-hamjamiyat vakillari hamda o‘zbek tili ixlosmandlari bo‘lgan chet el fuqarolari ishtirokida 21 oktabr - O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Davra suhbatida ishtirokchilarga xalqimizning ko‘p asrlik madaniy, ilmiy-ma’rifiy va badiiy tafakkuri, intellektual salohiyatining yorqin va bebaho mahsuli bo‘lgan o‘zbek tilini jahondagi boy va qadimiy tillardan biri sifatidagi o‘rnini mustahkamlash, uning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish bo‘yicha amalga oshrilayotgan ishlar  haqidagi ma’lumot berildi. Xususan, Prezidentimiz tashabbusi bilan 21 oktabr

- O‘zbek tili bayrami kuni deb belgilangani va so‘nggi yillarda ona tilimizning xalqaro miqyosda nufuzini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.

Ishtirokchilar BAAda o‘zbek tilini o‘rganishga, o‘zbek adabiyotining durdona asarlari va zamonaviy o‘zbek adabiy muhiti vakillari ijodiga bo‘lgan e’tibor ortib borayotganini bildirdi.

Tadbir doirasida o‘zbek adabiyotining durdona asarlaridan namunalar, she’rlar va hikoyalar o‘qib berildi. BAAdagi, xususan, Dubaydagi o‘zbek tili ixlosmandlari bilan adabiy kechalarni muntazam o‘tkazish, hamkorlikda o‘zbek adabiyoti va she’riyatining eng sara asarlarini arab tiliga tarjima qilib BAA aholisi, jumladan, yosh kitobxonlar e’tiboriga taqdim etish, o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘yicha kurslar faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlashga kelishib olindi.

Davra suhbatida qatnashchilarga shu kunning muhim voqeasi -O‘zbekiston Prezidenti saylovi kampaniyasining borishi, Bosh konsulxona huzurida tashkil etilgan 7-saylov uchastkasida faoliyati, muddatidan oldin ovosh berish tartiblari haqida ma’lumot taqdim etildi.

Mavzuga oid

2021 yil AQSHda boburiylar tarixi va mad...

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Smitson Osiyo...

Belgiya media-kompaniyasi O‘zbekiston sa...

Belgiyaning “Eccholine” media-kompaniyasi delagatsiyasi joriy yil 2-16 sentyabr kunlari O...

Navro‘z - qardosh xalqlarning umumiy qa...

Navro‘z - qardosh xalqlarning umumiy qadriyati

So`nggi yangiliklar