Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Sentabr/2022   Vatandoshlarimiz

Birlashgan Arab Amirliklarida vatandoshlarimiz ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

DUBAY, 26-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasining Dubay shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari tomonidan Birlashgan Arab Amirliklarida istiqomat qilayotgan va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan vatandoshlarimiz hamda ushbu mamlakatda tahsil olayotgan talabalar ishtirokida “Ochiq muloqotlar kuni” mazusidagi davra suhbati tashkil etildi, xabar qilmoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad  Amirliklarda istiqomat qilib kelayotgan vatandoshlarimizga konsullik-huquqiy masalalar, ularni o‘ylantirib kelayotgan dolzarb muammolar va ularning yechimlar, fuqarolarimizga BAA bo‘lib turishning ichki qonun-qoidalari yuzasidan tegilshi maslahat va maʼlumotlar berish bilan izohlanadi.

Davra suhbatida vatandoshlarimizga so‘nggi yillarda mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hayotida ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlar, olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, O‘zbekiston Prezidentining «Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini va ularning oila aʼzolarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorining mazmun-mohiyati hamda hozirgi kunda O‘zbekiston hukumati tomonidan xorijiy davlatlarda ishlayotgan fuqarolarimizning haq-huquqlarini himoya qilishga katta eʼtibor qaratilayotgani bilan bog‘liq masalalarda aktroflicha fikr yuritildi.  Shu o‘rinda mehnat mingratlarining oilasini qo‘llab-quvvatlash, xorijda ishlash paytida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni hal etish tartiblari, taqdim etilayotgan imtiyozlar singari masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.

BAAda faol vatandoshlarimiz va o‘z mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolarimiz o‘z chiqishlarida bunday uchrashuvlarning o‘tkazilishi mamlakatimizning o‘z fuqarolariga bo‘lgan munosabatini namoyon etishini taʼkidladi. Bu, o‘z navbatida, xorijda yurgan fuqarolarning kayfiyatiga ham ijobiy taʼsir ko‘rsatayotgani alohida qayd etildi.

Bosh konsulxona hozirgi kunda vatandoshlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan musobaqani o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rayotgani maʼlum qilindi. Unda nafaqat barcha vatandoshlarimiz, balki Amirliklarda istiqomat qilayotgan xorijlik yoshlar ham ishtirok etishi haqidagi tashabbus qo‘llab-quvvatlandi.

Shu bilan birga, 21 oktyabr kuni mamlakatimizda davlat tili qabul qilinganining 33 yilliga bag‘ishlangan tadbirni o‘zaro hamkorlikda  o‘tkazishga ham kelishib olindi.

Mavzuga oid

Janubiy Koreyaga kelgan o‘zbekistonlik i...

O‘zbekiston Prezidentining qarori ijrosi doirasida Koreya Respublikasining Bandlikka ruxsa...

Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati ol...

Rossiyaning Leningrad viloyatidagi “Do‘stlar uyida” ushbu shahar va Sankt-Peterburg oliy t...

Yekaterinburgdagi o‘zbekistonlik mehnat ...

O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi Bosh konsulxonasida konsullik okrugiga kiruvchi hududlar...

So`nggi yangiliklar