Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Avgust/2020   COVID-19

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi: COVID-19 pandemiyasi zamonaviy tarixda dunyodagi eng katta taʼlim inqiroziga sabab bo‘lmoqda


TOSHKENT, 5-avgust. / “Dunyo” AA/. Virus tarqalishini nazorat qilib, imkon qadar tezroq maktablarni qayta ochish kerak. Bu haqda BMT Bosh kotibi Antonio Guterresh pandemiya paytida taʼlim to‘g‘risidagi videomurojaatida taʼkidladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri BMT yangiliklar markazi maʼlumotiga tayanib.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti rahbari to‘rt qismdan iborat rejani bayon qildi, uning asosiy maqsadi pandemiyaning taʼlim sohasiga jiddiy taʼsirini bartaraf qilishga qaratilgan.

BMT Bosh kotibi dunyo hali koronavirus pandemiyasidan oldin taʼlim inqiroziga duch kelganini yodga oldi. Xususan, turli mamlakatlarda maktab yoshidagi 250 milliondan ortiq bola maktabga borish imkoniyatiga ega emas edi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda o‘rta maktab o‘quvchilarining atigi to‘rtdan bir qismi yetarli darajada asosiy bilim ko‘nikmalarini o‘zlashtira olardi, xolos.

A.Guterrishga ko‘ra, COVID-19 pandemiyasi zamonaviy tarixda dunyo bo‘ylab taʼlim tizimining eng katta inqiroziga olib keldi. Iyul oyi o‘rtalariga kelib 160 dan ortiq mamlakatda maktablarning eshigi yopildi. Bu esa milliardga yaqin o‘quvchiga taʼsir ko‘rsatmoqda. Dunyo bo‘yicha kamida 40 million bola maktabga chiqishdan oldingi yildagi taʼlim olish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan. Ota-onalar, ayniqsa ayollar farzandlariga g‘amxo‘rlik qilish va uy sharoitida taʼlim berishdek og‘ir yukni o‘z zimmasiga olishga majbur bo‘ldi.

«Darslar radio, televideniye va internetda olib borilayotgani, shuningdek o‘qituvchilar va ota-onalarning saʼy-harakatlariga qaramasdan, ko‘plab bolalar eʼtibordan chetda qolmoqda, - dedi Antonio Guterresh. —Imkoniyati cheklanganlar, kichik va kam taʼminlangan jamoalarning farzandlari, qochoqlar va olis hududlarda yashaydigan bolalarning taʼlim olishda orqada qolib ketish xavfi juda ham katta».

Ushbu og‘ir vaziyatni o‘nglash uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti xalqaro hamkorlar bilan birgalikda «Kelajagimizni asrab qoling» deb nomlangan to‘rt bosqichli kampaniyani boshlamoqda.

BMT rahbarining so‘zlariga ko‘ra, birinchidan, xalqaro hamjamiyat maktablarning imkon qadar tezroq ochilishiga erishishi kerak. Bu jarayonda salomatlikka xavf solishi mumkin bo‘lgan tahdidlar qatʼiy hisobga olinishi kerak.

Ikkinchidan, moliyaviy oqimlarni taqsimlashda taʼlimga ustuvor ahamiyat berish kerak. Inqirozdan oldingi davrda past va o‘rtacha daromadli mamlakatlarda taʼlimni moliyalashtirish jarayonida yiliga 1,5 trillion dollar miqdorda defitsit mavjud edi. Bugungi sharoitda bu tafovut sezilarli darajada ko‘paydi. Antonio Guterreshning taʼkidlashicha, taʼlim dasturlarining byudjetlari qisqartirilmasligi kerak, balki ular iloji boricha ko‘paytirilishi zarur.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti rahbarining fikriga ko‘ra, uchinchidan, taʼlim sohasidagi tashabbuslar favqulodda vaziyat va inqirozlar hududlarida yashovchi bolalar va o‘smirlar, turli mayda jamoalar vakillari, shuningdek, qochoqlar va nogironlarni qamrab olishni nazarda tutgan holda tuzilishi kerak.

To‘rtinchidan, taʼlimning kelajagiga bugun asos solinayotganini tushunishimiz zarur. «Bugungi avlod pedagogik usul va tamoyillarni qayta ko‘rib chiqish imkoniyatiga ega, - dedi A.Guterresh. — Biz barchaga sifatli taʼlim olish imkoniyatini beradigan istiqbolli tizimlar sari qadam qo‘yishimiz kerak. Bu barqaror rivojlanish sohasidagi global maqsadlarga erishishimizga asos bo‘ladi».

Mavzuga oid

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi an...

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan fuqarolar 457 nafarga yetdi.

SSV: COVID-19 ga chalinganlarni davolash...

Toshkent shahrida uchta zamonaviy ixtisoslashgan tibbiyot muassasasi bunyod etilmoqda.

Jismoniy shaxslarning xayriya tashkilotl...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi va global inqirozli hodis...

So`nggi yangiliklar