Uz / Ўз Ru En

Toshkent

20/May/2022   Fakt

Bishkekda bo‘lajak YEOII sammiti onlayn formatda o‘tkaziladi

TOSHKENT, 20-may. /“Dunyo” AA/. Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi hayʼatining raisi  Mixail Myasnikovich ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida 27 may kuni Bishkek shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisi videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tishini maʼlum qildi,  deb xabar  qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Belarusning “BelTA” davlat axborot agentligi yozishicha, sammit kun tartibiga 14 ta masala kiritilgan.

Mixail Myasnikovich uning arafasida  poytaxtida birinchi Yevrosiyo iqtisodiy forumi ham bo‘lib o‘tishini va unda ham ittifoqqa aʼzo davlatlar rahbarlari videokonferensiya shaklida ishtirok etishlarini bildirdi. «Biz majlisni oflayn shaklda o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rgan edik, biroq ir necha kur avval davlat rahbarlari forumda va Kengash yig‘ilishida onlayn ishtirok etishlari bo‘yicha qaror qabul qilindi», dedi YEOII hayʼati raisi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yil 10 dekabr kuni  videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tgan Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida ishtirok etgan edi. O‘zbekiston 2020 yil dekabr oyida Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi maqomini olgan.

Mavzuga oid

Xivada Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘is...

Xivada Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan «Bahodirlar o‘yini» xalqaro turni...

Bokuda O‘zbekiston va Ozarbayjon Bosh va...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari, turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov B...

O‘zbekistonda xalqaro tijorat arbitrajin...

Bugun Toshkentda "O‘zbekistonda xalqaro tijorat arbitrajini rivojlantirishning istiqbollar...

So`nggi yangiliklar