27/Yanvar/2023 Prezident
TOSHKENT, 27-yanvar. /“Dunyo” AA/. Bugun Bishkekdagi “Ala-Archa” qarorgohida davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonda bo‘lib turgan O‘zbekiston Prezidentini rasman kutib olish marosimi bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Ikki mamlakatning davlat madhiyalari yangradi.
Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini bir-biriga tanishtirdilar. Birgalikda suratga tushildi.
Ayni daqiqalarda davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari o‘tmoqda.