Uz / Ўз Ru En

Toshkent

04/Avgust/2020   Iqtisodiy diplomatiya

B.Ishnayev: Biz O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ishtirok etishdan mammunmiz


BRYuSSEL, 4 avgust. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Respublikasining Benilyuks mamlakatlaridagi elchixonasi xorijda istiqomat qiladigan, yuqori bilim va malakaga ega bo‘lgan vatandoshlar bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Daniyada istiqomat qiluvchi — «Siemens Gamesa Renewable Energy A/S» kompaniyasining yirik loyihalar bo‘yicha ish boshqaruvchisi B.Ishnayev bilan videomuloqat o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Videokonferensiya avvalida vakolatxona rahbari Dilyor Hakimov bugungi kunda xorijda istiqomat qilayotgan, amaliy tajriba va yuqori malakaga ega bo‘lgan vatandoshlar bilan doimiy muloqot qilish hamda ular bilan hamkorlikni faollashtirish vakolatxonaning asosiy vazifalaridan biri ekanini qayd etib, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi rejalar xususida ma’lum qildi. Shuningdek, xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati Konsepsiyasining maqsad va vazifalariga ham alohida to‘xtalib o‘tdi.

Diplomatik vakolatxona rahbari mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, eksport hajmini oshirish hamda investitsiya jalb qilishda faol ishtirok etayotgan vatandoshlarning alohida ro‘yxati («Oltin daftar») shakllantirilganligini ta’kidladi.

B.Ishnayev so‘ngi uch-to‘rt yil ichida respublikamiz rahbariyati tomonidan xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarga qaratilayotgan e’tiborni yuksak baholadi. U mamlakatda yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda xorijiy mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlashda vatandoshlarning bevosita ishtirok etayotganidan mamnunligini bildirdi. Xorijdagi vatandoshlar bilan yaqindan muloqot qilish, ularning huquq va erkinliklarini amalga oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha xorijdagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarining faoliyatini alohida qayd etdi.

Jumladan, joriy yil 3-4 yanvar kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan «Umid» fondi bitiruvchilarining birinchi xalqaro konferensiyasida konsullik okrugida istiqomat qiladigan 4 nafar vatandosh bilan ishtirok etganini va respublikamizdagi vazirlik hamda idoralarining rahbarlari bilan bevosita muloqotda bo‘lganini ta’kidladi.

Hozirgi kunda B.Ishnayev O‘zbekistonda energetika yo‘nalishida vazirlik va idoralar faoliyatiga ko‘maklashish, shamol energiyasi bo‘yicha turli loyihalar yaratishda faol ishtirok etmoqda. Shuningdek, u «Buyuk kelajak» MNNO bilan xorijiy ekspert sifatida hamkorlik qilib kelmoqda.

B.Ishnayev o‘n besh yildan beri Daniyada yashaydi. Dunyo bo‘yicha shamol energiyasi ishlab chiqarishda birinchi o‘rinlarda turuvchi «Siemens Gamesa Renewable Energy A/S» kompaniyasida yirik startap loyihalar bo‘yicha ish boshqaruvchi hisoblanadi.

— Bugungi videomuloqotga taklif qilganingiz va fikr-mulohazalarimni bayon qilish uchun imkon berilganligidan mamnunligim bildiraman, — dedi I.Ishnayev. — Shu bilan birga, kelgusida O‘zbekistonning tegishli vazirlik va idoralari bilan hamkorlikni mustahkamlashga tayyorligimni ma’lum qilaman. Imkon qadar bizga qaratayotgan e’tiborni oqlashga, O‘zbekistonning yanada rivojlanishida bor kuch va salohiyatimni safarbar etishga harakat qilaman.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasining Benilyuks mamlakatlaridagi elchixonasi xorijda istiqomat qiladigan va yuqori bilim va malakaga ega bo‘lgan vatandoshlar bilan hamkorlikni mustahkamlash va ular bilan yaqindan muloqot qilish, shuningdek, mamlakatimizda turli vazirlik va idoralarga ishga taklif qilish bo‘yicha faol ishlar olib bormoqda.

Xususan, 2019 yil 5 nafar vatandosh O‘zbekistonda vazirlik va idoralarga turli lavozimlarga tayinlangan. 2020 yil 5 nafar vatandoshlarning nomzodlari respublikamizning turli vazirlik va idoralarga tavsiya qilingan.

Mavzuga oid

Hukumat delegatsiyasi va Qirg‘izistonnin...

O‘zbekiston Respublikasi chegaraoldi viloyatlari rahbarlari va Qirg‘iziston Respublikasi H...

Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvva...

Axborot va Ommaviy kommunikatsiyalar agentligi media-xolida bugun Investitsiyalar, ekspor...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari ...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Um...

So`nggi yangiliklar