Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Mart/2023   Konstitutsiyaviy islohotlar

Biz, xorijda yashovchi o‘zbekistonlik madaniyat va sanʼat ahli yurtimizda kechayotgan konstitutsiyaviy islohotlarni qo‘llab-quvvatlaymiz

DUBAY, 28-mart. /“Dunyo” AA/. Dubayda yashaydigan vatandoshimiz, «Sher Oston and His Orchestra» jaz simfonik orkestri asoschisi Sherzod Ostonov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan Konstitutsiyaviy islohotlarga doir quyidagi quyidagi fikr-mulohazalarini “Dunyo” axborot agentligiga bayon etdi:


 - Birlashgan Arab Amirliklarida doimiy istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarosi sifatida vatanimda ro‘y berayotgan voqea va o‘zgarishlarni katta qiziqish bilan kuzatib boraman. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida va umuman mamlakat hayotida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bularning barchasiga, shubhasiz, Prezident maʼmuriyati va shaxsan Prezident Shavkat Mirziyoyevning samarali va muvaffaqiyatli faoliyati tufayli erishildi, deb o‘ylayman.

Madaniyat vakili sifatida men 5000 yildan ortiq tarixga ega bo‘lgan ko‘hna madaniy merosni saqlash va ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish, shuningdek, zamonaviy sanʼatning rivojlanishi va butun dunyo bo‘ylab tarqalishini taʼkidlashdan faxrlanaman. “Bahor” davlat xoreografiya ansamblining BAAga muvaffaqiyatli ijodiy safari, O‘zbekiston Respublikasining Dubaydagi konsulligi ko‘magida “Dubai Fashion Week” Dubay moda haftaligi doirasida o‘zbekistonlik moda dizaynerlarining maxsus namoyishi, shaxmat bo‘yicha yoshlar jamoasining jahon chempionatidagi g‘alabasi, “Expo 2020 Dubai” ishida O‘zbekistonning muvaffaqiyatli ishtiroki va boshqalar bu fikrimni tasdiqlaydi.

Konstitutsiyaviy islohot davlat tizimini, barcha boshqaruv institutlari va umuman mamlakat ichidagi aholi hayotini zamonaviy sharoit va qiyinchiliklarga mos ravishda mustahkamlashi va  takomillashtirishi barobarida jahon hamjamiyati bilan samarali global hamkorlik ko‘lamlarini kengaytirishga hissa qo‘shadi. Bu mamlakatni mustahkamlash, rivojlantirish va gullab-yashnashi uchun o‘z vaqtida qabul qilingan qarordir, shu bilan birga, O‘zbekistonda yashovchi barcha aholi uchun yangi imkoniyatlardir.

Biz, xorijda yashovchi o‘zbekistonlik madaniyat va sanʼat ahli yurtimizda kechayotgan konstitutsiyaviy islohotlarni qo‘llab-quvvatlaymiz. Shu bois  barcha  yurtdoshlarimni  joriy  yil  30  aprelda bo‘lib  o‘tadigan referendumda faol qatnashishga chaqiramiz.

Mavzuga oid

Janubiy Koreyadagi vatandosh: Yangilanaj...

Janubiy Koreyaning Vusong universiteti talabasi Javohir Samijonov

Vatandoshlar diqqatiga: “Dunyo” AA sayti...

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 27 mart kuni bo‘lib o‘tgan navbat...

Saudiya Arabistonidagi vatandosh: Konsti...

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar yuzasidan Madina shahridag...

So`nggi yangiliklar