08/Iyun/2021 Jamiyat
TOSHKENT, 8-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Davlat xizmatlari agentligi, BMT Taraqqiyot dasturi va Yevropa Ittifoqining mamlakatimizdagi vakolatxonalari hamkorligida amalga oshirilayotgan «O‘zbekistonning qishloq tumanlarida davlat xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish» qo‘shma loyihasi doirasida seminar tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Anjuman ishtirokchilari blokcheyn texnologiyalarining davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasi uchun taqdim etadigan imkoniyat va ustunliklari, shuningdek, ushbu jarayonda ushbu texnologiyalardan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr almashdi.
Zamonamizning eng so‘nggi texnologiyalaridan hisoblanadigan blokcheyn bugun moliya dunyosidan tashqarida ham keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Xususan, uning imkoniyatlaridan personal maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash, marketing va boshqa sohalarda ham foydalanish istiqbollari o‘rganilmoqda.