Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/Iyun/2021   Jamiyat

BMT IHOKB: O‘zbekiston BMT shartnomasi va ustav organlari doirasida inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarini faol bajarayotgan davlatlar qatoriga kiradi


TOSHKENT, 22-iyun. /“Dunyo” AA/. BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining 2020 yildagi faoliyatining hisoboti eʼlon qilindi. Unda O‘zbekiston bilan inson huquqlari sohasidagi hamkorlik munosabatlari ijobiy baholangan, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazining matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, hisobotda mamlakatimizning demokratlashtirish, BMT Nizomi va shartnomaviy organlari doirasida inson huquqlari sohasi bo‘yicha zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlarini bajarish, shuningdek, qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish sohalarida erishgan natijalari bilan xalqaro maydonda tez-tez eʼtirof etilayotgan ilg‘or davlatlar safidan joy olgani taʼkidlangan.

Hujjatda BMT tizimidagi inson huquqlari himoyasi bilan shug‘ullanuvchi organlarning bir yillik faoliyati bilan bog‘liq maʼlumotlar keltirilgan. Koronavirus inqirozi bu boradagi ishlarga salbiy taʼsir ko‘rsatgani qayd etilgan.

BMT Oliy komissari O‘zbekistonda maʼruzalar tayyorlash va BMT tegishli institutlarining tavsiyalarini bajarish bo‘yicha milliy mexanizm yaratilganini yuqori baholagan. O‘zaro hamkorlikda va fuqarolik jamiyati vakillari ishtirokida ishlab chiqilgan «Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati to‘g‘risida»gi kodeks loyihasiga ham ijobiy baho berilgan.

Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Inson huquqlarini himoya qilish milliy institutlari global alyansi huzurida akkreditatsiyadan o‘tgani muhim natijalardan biri sifatida qayd etilgan. Zero, bu qadam amaldagi xalqaro-huquqiy hujjat hisoblanmish Parij tamoyillariga to‘la mos keladi.

Koronavirus pandemiyasi sharoitiga qaramay, mamlakatimizda BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi bilan hamkorlikda 2020 yilda tegishli xizmatlar xodimlarining malaka va salohiyatini oshirish ishlari izchil davom ettirilgani alohida taʼkidlangan.

 Xususan:

- 200 ta milliy subyekt – karantin choralari amal qilgan sharoitda odil sudlov imkoniyatlaridan foydalanishi;

-25 nafar huquqshunos – erkinlik huquqi, odil sudlov, qiynoqlardan xoli bo‘lish, inson huquqlarini himoya qilishning xalqaro mexanizmlaridan foydalanish va milliy sudlarda inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro huquq normalarini qo‘llashi;

-sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning 400 nafar xodimi – BMT Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi xabarnomalari bilan ishlash tartib-taomillarini o‘rganishi;

-44 nafar mutaxassis – inson huquqlari sohasi bilan shug‘ullanadigan fuqarolik jamiyati tashkilotlarining faoliyati hisobdorligi va monitoringini amalga oshirish borasida tajriba oshirgani;

-180 nafar kishi – Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya v Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalda tatbiq etish doirasida o‘tkazilgan seminarlarda ishtirok etgani.

O‘zbekiston BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Boshqarmasi ko‘magida BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining Universal davriy hisoboti mexanizmi doirasida berilgan tavsiyalarning bajarilishi bo‘yicha o‘z oraliq maʼruzasini tayyorlashga erishgan sanoqli davlatlardan biri ekani ham eʼtirof etilgan.

Hisobotda, O‘zbekistonda gender tenglik masalasiga ustuvor darajada eʼtibor qaratilayotgani munosabati bilan Statistika bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan 2020 yilda ayollarga nisbatan kamsitishlarga doir muammo Ko‘p indikatorli kompleks tadqiqotlar ro‘yxatiga kiritilgani muhim ahamiyatga ega ekani alohida qayd etildi.

Mavzuga oid

Xorijlik vatandoshimizning Yangi yil tab...

Yangi yil munosabati bilan xorijda yashayotgan vatandoshlarimiz bayram tabriklarini yo’lla...

BAA kompaniyasi O‘zbekiston bilan migrat...

O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Birlashgan Arab A...

Xitoy nashri – «Dazjun Jibao»da O‘zbekis...

B.Saidovning «O‘zbekiston – Xitoy: tajriba, hamkorlik va ikki tomonlama savdo-iqtisodiy mu...

So`nggi yangiliklar