Uz / Ўз Ru En

Toshkent

04/Noyabr/2021   Markaziy Osiyo

BMTning iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi Hadli konvensiyasi 26-konferensiyasida Markaziy Osiyo davlatlari yagona mintaqa bo‘lib ishtirok etmoqda

LONDON, 4 noyabr. /“Dunyo” AA/. Shotlandiyaning Glazgo shahrida Parij kelishuvini amalga oshirishning dastlabki natijalari sarhisob etilmoqda va Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi Hadli konvensiyaga aʼzo mamlakatlarning yangi majburiyatlarini kelishish masalalari muhokama qilinmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


BMTning iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi Hadli konvensiya tomonlarining 1-12 noyabr kunlari bo‘lib o‘tayotgan 26-konferensiyasida dunyo mamlakatlarining 25 mingdan ziyod vakili qatnashmoqda.

O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibidan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Gidrometeorologiya xizmati markazi vakillari o‘rin olgan.

Konferensiya tarixida birinchi marta Markaziy Osiyo mamlakatlari yagona mintaqa bo‘lib ishtirok etmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari konferensiya ishtirokchilariga taqdim qilgan mintaqaviy bayonotida iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolarga samarali javob berish bo‘yicha saʼy-harakatlarni birlashtirish bo‘yicha umumiy pozitsiyasini taʼkidladi.

Anjumanning birinchi kunida Markaziy Osiyo pavilyonining rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi. Pavilyon mintaqaning global iqlim sharoitida tutgan o‘rni, xorijiy sheriklar bilan hamkorlik qilish uchun bugungi ehtiyoj va imkoniyatlari, shuningdek, sarmoyaviy, madaniy va sayyohlik salohiyati bilan tanishish imkoniyatini beradi.

O‘zbekiston delegatsiyasi konferensiyadagi ishtirok doirasida tizimli yondashuv va sheriklik orqali Orolbo‘yi mintaqasining iqlim o‘zgarishiga barqarorligini oshirish, O‘zbekistonning 2030 yilgacha iqlim o‘zgarishi bo‘yicha strategiyasi va iqlim o‘zgarishiga moslashishi kabi muhim mavzularda taqdimot va maʼruzalar bilan chiqish qilishi kutilmoqda.

Konferensiya davomida Yashil iqlim jamg‘armasi bilan ishlashga mintaqaviy yondashuv istiqbollari, qayta tiklanadigan energiya manbalarini targ‘ib qilish rejalari, energiyani tejash masalalari va uning uglerod betarafligini taʼminlashga qo‘shgan hissasi muhokama qilinadi.

Mavzuga oid

Tojikistonga borishni rejalashtirayotga...

Joriy yilning 15 martidan boshlab Tojikiston-O‘zbekiston davlat chegarasidagi nazorat-o‘tk...

Toshkent “O‘zbekiston va Turkmaniston: h...

Joriy yilning 12 iyul kuni Markaziy Osiyo xalqaro institutida (MOXI) “O‘zbekiston va Turkm...

Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan qi...

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan Qirg‘izistonga 10 ming dona olma, o‘rik,...

So`nggi yangiliklar