Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Sentabr/2022   Sport

Bo‘ri IV Jahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ramziy timsoli sifatida tanlandi

TOSHKENT, 24 sentyabr. /“Dunyo” AA/. Bo‘ri IV Jahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ramziy timsoli sifatida tanlandi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


Turkiyaning “Anadolu” axborot agentligi maʼlumotiga ko‘ra, tasvir tashkilotchilar tomonidan ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarda taqdim etildi.

IV Jahon ko‘chmanchilar o‘yinlari joriy yil 29 sentyabr - 2 oktyabr kunlari Turkiya shimoli-g‘arbidagi Iznik viloyatida bo‘lib o‘tadi. Unda 102 davlatdan 3000 dan ortiq sportchi ishtirok etishi kutilmoqda.

Maʼlumot uchun, Qor qoploni III Jahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ramzi sifatida qabul qilingan edi.

Jahon ko‘chmanchilar o‘yinlari ilk bor 2014 yilda Issiqko‘lda o‘tkazilgan edi. Unda  Ozarbayjon, Avstriya, Afg‘oniston, Belarus, Braziliya, Germaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Litva, Mo‘g‘uliston, Rossiya, AQSH, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya, O‘zbekiston, Fransiya, Shvetsiya, Janubiy Koreya kabi 19 davlatdan sportchilar ishtirok etgan.

 Surat “Anadolu” AAdan olindi

 

 

 

Mavzuga oid

Shaxmat bo‘yicha xalqaro musobaqalar sov...

Prezident Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan xalqaro musobaqalarda g‘olib bo‘lgan shaxmat...

Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Iroq ter...

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamosi bugun Birlashgan Arab Amirliklaridagi yig‘...

O‘zbekiston sport kurashchilari Olma-ota...

9-11 aprel kunlari Qozog‘istonning Olma-ota shahrida Osiyo qit’asi sport kurashchilari uch...

So`nggi yangiliklar