Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/May/2021   TIV yangiliklari

Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va uyg‘unlashtirish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya O‘zbekiston uchun kuchga kirdi


TOSHKENT, 17-may. /“Dunyo” AA/. 2021 yil 16 maydan eʼtiboran Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va uyg‘unlashtirish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya (1973 yil 18 may kuni Kioto shahrida qabul qilingan va 1999 yil 26 iyun kuni tuzatishlar kiritilgan) O‘zbekiston Respublikasi uchun kuchga kirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashqi ishlar vazirligi Shartnoma-huquq boshqarmasi maʼlumotiga ko‘ra, mamlakatimiz Kioto konvensiyasiga O‘zbekiston Republikasining 2020 yil 21 dekabrdagi №O‘RQ-654-sonli qonuniga muvofiq qo‘shilgan.

Kioto konvensiyasi universal xalqaro shartnoma hisoblanib, bojxona ishi bilan bog‘liq amalda barcha masalalarni tartibga soladi. Konvensiya bojxona taomillari va qoidalarini uyg‘unlashtirish hamda soddalashtirish orqali savdoga ko‘maklashishga qaratilgan bo‘lib,  zamonaviy bojxona taomillari va metodikasiga oid standart va amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Bugungi kunda mazkur xalqaro shartnomada 128 ta davlat ishtirok etmoqda.

Kioto konvensiyasi qoidalari, bir tomondan, bojxona rasmiylashtiruvi va nazoratini soddalashtirish hamda tezlashtirish orqali tashqi savdo faoliyatini, shu jumladan, maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini rag‘batlantirish, boshqa tomondan, mazkur imtiyozlar davlatlarning manfaatlariga zarar yetkazmasligiga yo‘naltirilgan.

Konvensiya unga aʼzo davlatlarga o‘zlarining milliy qonunchiligida (Bojxona kodeksi, tashqi iqtisodiy faoliyat, maxsus iqtisodiy zonalar va shu kabi boshqa qonunchilik hujjatlari) bojxona tartibotini sodda, tushunarli va oldindan taxmin qilish imkoniyatini beruvchi qoidalar asosida shakllantirish majburiyatini yuklaydi.

O‘zbekiston Respublikasining Kioto konvensiyasida ishtirok etishi milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishiga xizmat qiladi, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishiga ko‘maklashadi hamda Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining «Biznes yuritish» yillik hisobotida respublikaning reyting ko‘rsatgichlariga ijobiy taʼsir etadi.

Mavzuga oid

Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekistonda ...

Bugun Tashqi ishlar vazirligida «O‘zbekistonda olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyo...

Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri bilan u...

2020-yilning 28-yanvar kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qozog‘iston...

Rossiyadagi elchixonada bosh konsul bo‘l...

Mamlakatimizning Moskvadagi elchixonasi bosh konsuli Mehriddin Xayriddinov O‘zbekiston Res...

So`nggi yangiliklar