Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Iyun/2022   Konstitutsiyaviy islohotlar

Bokudan munosabat: Ozarbayjon va O‘zbekiston Prezidentlarining o‘zaro hamkorlik institutlarini barpo etishdagi roli muhim ahamiyatga ega

BOKU, 24-iyun. /“Dunyo” AA/. Ozarbayjon ekspert va tahliliy doiralari vakillari Prezident Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifini ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar tarixida yangi sahifa ochganini taʼkidlamoqda, deb xabar qilayapti “Dunyo” AA muxbiri.


Ilgar Velizade, «Janubiy Kavkaz» siyosatshunoslar klubi rahbari:

- Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevni Toshkentda samimiy qabul qilish o‘zbek xalqining, shaxsan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ozar xalqi va uning rahbariga samimiy, qardoshlik tuyg‘ulari hamda chuqur hurmatining ifodasidir.

Ozarbayjon Prezidentining O‘zbekistonga tashrifining kun tartibi nihoyatda boy bo‘lib, bu ikki tomonlama hamkorlikning dolzarbligidan dalolat beradi. Mehmondo‘st o‘zbek zaminida bo‘lgan dastlabki soatlarda Prezident Ilhom Aliyev hamkasbi Prezident Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Toshkentdagi Mustaqillik monumentini ziyorat qildi va poytaxtning markaziy tumanlaridan birida  qurilgan  Haydar Aliyev xiyobonining ochilishida ishtirok etdi. Toshkent aholisining mehmondo‘stligi, Ozarbayjon delegatsiyasining ushbu obyektlarga tashrifi chog‘ida ular ko‘rsatgan samimiy tuyg‘ularda alohida namoyon bo‘ldi.

Shubhasiz, bunday qabul tashrif dasturiga ijobiy taʼsir ko‘rsatdi va uning doirasida erishilgan muhim kelishuvlarni amalga oshirishga rag‘batlantiruvchi taʼsir ko‘rsatdi.

O‘tkazilgan uchrashuvlar va imzolangan hujjatlar to‘plami ushbu tashrif ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga sezilarli dinamika berishiga ishonaman.

Taʼkidlash joizki,  yaqin kelajakda amalga oshiriladigan qo‘shma Investitsiya fondini yaratish g‘oyasi ikki mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning shartiga aylanadi, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarning yana-da mustahkamlanishiga asos bo‘ladi.

Bugungi sharoitda tomonlar nafaqat savdo hajmini oshirish, balki aholining katta qismini ish bilan taʼminlaydigan yuqori qo‘shimcha qiymatli tarmoqlarni yaratish bo‘yicha hamkorlik orqali iqtisodiy aloqalar sifatini yaxshilash haqida ham gaplashmoqda.

Tomonlar ikki mamlakat hududida joylashgan erkin iqtisodiy zonalarda mahsulotlarni uchinchi mamlakatlar bozorlariga eksport qilish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida ahamiyat berayotganini taʼkidlash joiz. Ikki tomonlama hamkorlikning ushbu yangi shakli ham iqtisodiy hamkorlik ufqlarini kengaytirishga sezilarli hissa qo‘shadi, ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning sifat va miqdoriy xususiyatlarining o‘sishi uchun sharoit yaratadi.

Farhod Mammadov, “Valday” klubi eksperti:

- Ozarbayjon va O‘zbekiston ikki tomonlama va  xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlik qilish uchun ulkan salohiyatga ega davlatlardir.

Yaqin 3-5 yil ichida ular o‘z mintaqalarida asosiy tranzit mamlakatlar bo‘ladi.

Ozarbayjonning O‘zbekiston bilan hamkorligi O‘zbekistonning G‘arb bilan, birinchi navbatda Turkiya bilan aloqalarini rivojlantirish imkoniyatlarini ochib beradi, Ozarbayjon uchun SHHT va Xitoy bilan munosabatlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Mamlakat rahbarlari - Ilhom Aliyev va Shavkat Mirziyoyevning o‘zaro hamkorlik institutlarini barpo etishdagi roli muhim ahamiyatga ega.

Mavzuga oid

Erondan munosabat: O‘zbekiston Preziden...

Eronlik siyosatshunos, siyosiy fanlar nomzodi, Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqalari bo‘yic...

Tojikistondan munosabat: Har qanday Kons...

Tojikiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi direktori, shoir Aliakbar Abdulloye...

O‘zbekiston Prezidenti: Yangilangan Kons...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan ...

So`nggi yangiliklar