17/Noyabr/2022 O‘zbekistonning TDTga raisligi
VLADIVOSTOK, 17-noyabr. /“Dunyo” AA/. Yaqinda O‘zbekiston fuqarosi E. Kadirova mamlakatimizning Vladivostok shahridagi Bosh konsulligiga murojaat qilib, ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bilan Primorsk o‘lkasining Vladivostok shahrida mushkul moliyaviy vaziyatga tushib qolgani, shu bois O‘zbekistonga qaytish yuzasidan ko‘mak so‘radi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Bosh konsulxona tomonidan vatandoshimizning murojaati o‘rganib chiqilishi jarayonida aniqlanishicha, E.Kadirova 2013 yilda Rossiyaning Primorsk o‘lkasiga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelib, so‘nggi vaqtlarda Vladivostok shahrida joylashgan uy hayvonlariga xizmat ko‘rsatish salonida yordamchi lavozimida ishlab kelgan. Oylik maoshi kamligi, yashashi hamda uy ijarasi uchun yetarli bo‘lmaganligi sababli ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bilan moddiy jihatdan mushkul ahvolga tushib qolgan.
Bosh konsulxona tomonidan fuqaroning arizasi batafsil o‘rganib chiqilishi natijasida E.Kadirova va uning voyaga yetmagan farzandlari nomiga “Mehr” loyihasi jamg‘armasi hisobidan Vladivostok - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchadigan havo qatnoviga chiptalar xarid qilindi va vatandoshlar O‘zbekistonga kuzatib qo‘yildi.