Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Iyul/2021   Vatandoshlarimiz

Bosh konsulxona Qozog‘istonning Aktyubinsk viloyatida O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasini o‘z nazoratiga olgan


AKTAU, 29 iyul. /«Dunyo» AA/. Kecha mahalliy vaqt bilan soat 7:10 da Aktyubinsk viloyati, Qarabutak mahallasidan o‘tadigan «Samara-Chimkent» xalqaro avtomobil yo‘lining 992-kilometrida  Qozog‘iston fuqarosi boshquruvidagi Toyota Previa avtomashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
 Mamlakatimizning Aktau shahridagi Bosh konsulxonasidan ma’lum qilishlaricha, yo‘l-tansport hodisasi natijasida avtomobil haydovchisi va Aktau shahriga ishga ketayotgan 8 nafar yo‘lovchi (barchasi O‘zbekiston fuqarolari) turli darajadagi tan jarohati  bilan shahar shifoxonasiga yotqazilgan.
43 yoshli fuqaro N.D vafot etdi. 5 nafar yo‘lovchi davolanmoqda. Yana ikki nafar yo‘lovchiga esa shifoxonadan javob berilgan.
Bosh konsulxona vaziyatni o‘z nazoratiga olgan. Marhumning jasadini Vatanga yetkazishni tashkil etish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda.

Mavzuga oid

Navbatdagi insonparvarlik aksiyasi haqid...

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Suriya Arab Respublikasiga tashrif buyurib, ushbu m...

O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiat...

30 iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan Tejong shahrida yaqinda rasman o‘z faoliyatini bos...

O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi “Ol...

Kodje shahrida joylashgan «Samsung» va «Daewoo» kompaniyalarining kemasozlik zavodlarida 5...

So`nggi yangiliklar