Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Mart/2023   Hamkorlik

Bosh konsulxona xodimlari Primorsk o‘lkasida ishlayotgan o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari holidan xabar olishdi

VLADIVOSTOK, 27-mart. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi xodimlari 25-mart kuni Primorsk o‘lkasi Arsenyev shahrida (Vladivostok shahridan 200 km. uzoqlikda) joylashgan yog‘och mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan korxonada mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazishdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Vatandoshlarimizga mamlakatimiz hayotida sodir bo‘layotgan muhim ijtimoiy-siyosiy voqealar, jumladan «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi, Bosh  qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartirishlarning tub mazmun-mohiyati haqida batafsil maʼlumot berildi.

Qonunchilik palatasi tomonidan Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha umumxalq referendumini – 30 aprel, yakshanba kuni o‘tkazishni maʼqullangani qayd etilib, yurtdoshlarimiz joriy yilning 19-26 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan muddatidan avval ovoz berish jarayonlariga faol qatnashishga chaqirildi.

Shuningdek, muloqot qatnashchilari hukumatimiz tomonidan mehnat muhojirlarining haq-huquqlarini himoya qilish, ularning turmush tarzini yaxshilash, kasb-hunarga maqsadli o‘qitish hamda chet elga uyushgan holda ishga yuborish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham yaqindan tanishtirildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston delegatsiyasi SHHTga aʼzo da...

Tomonlar SHHTga aʼzo davlatlarning iqtisodiy faoliyati ishtirokchilari uchun qulay muhit y...

Toshkent va Kobul ikki tomonlama savdo-i...

O‘zbekiston delegatsiyasi Kobulda Afg‘oniston Muvaqqat hukumati aʼzolari va iqtisodiy tuzi...

O‘zbekiston delegatsiyasi BMT Oziq-ovqat...

Joriy yil 27-31 mart kunlari BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) qarorgoh...

So`nggi yangiliklar