03/Dekabr/2022 Sanalar
DUSHANBE, 3-dekabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Tojikistondagi elchixonasida O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligiga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbirda ijtimoiy-siyosiy, ekspert va ishbilarmon doiralar vakillari, Tojikistonda yashayotgan va taʼlim olayotgan vatandoshlar ishtirok etdi.
O‘zbek dilomatlari ishtirokchilarga O‘zbekiston Konstitutsiyasining yaratilish tarixi, mazmun-mohiyati, maqsadi va vazifalari, yoshlar uchun tarbiyaviy ahamiyati to‘g‘risida batafsil so‘zlab berdi.
Taʼkidlanganidek, Asosiy qonunimiz o‘zining tamoyillari va qoidalari bilan mamlakatimiz taqdiri, har bir insonning huquq hamda erkinliklarini taʼminlashda muhim hujjat bo‘lib hisoblanadi. Xalqimizning farovon hayot kechirishi uchun munosib sharoit yaratish Konstitutsiyamizning asosiy maqsadidir.
O‘z navbatida, vatandoshlar ushbu sana ular hayotida muhim ahamiyat kasb etishini urg‘ulagani barobarida, tashkil etilgan bayram tadbiri uchun vakolatxonaga minnatdorlik bildirishdi.