Uz / Ўз Ru En

Toshkent

12/Oktabr/2020   Sport

«Bosh vazir kubogi-2020: Tashqi ishlar vazirligi jamoasi ikkinchi o‘rinni egalladi


TOSHKENT, 12 oktyabr. «Dunyo»AA/. Poytaxtimizdagi «Bunyodkor» stadionida vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan «Bosh vazir kubogi-2020» turniri futbol musobaqasining final o‘yini yakunlandi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Oliy sudi jamoalari o‘rtasida kechgan hal qiluvchi o‘yinning asosiy vaqtida hisob ochilmadi.

Turnir g‘olibi penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda omad Oliy sud jamoasiga kulib boqdi. Hisob 4:5.

Oliy sud jamoasi a’zolariga turnir bosh sovrini topshirildi.

«Bosh vazir kubogi-2020» kashfiyotiga aylangan Tashqi ishlar vazirligi futbolchilari ikkinchi o‘rinni egalladi.

“Farg‘onaazot” AJ jamoasi musobaqaning uchinchi o‘rnini egallab, bronza medali bilan taqdirlandi.

Фото: Анвар Ильясов

Mavzuga oid

O‘zbekistonda birinchi bolalar velopoyga...

O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi jismo...

O‘zbekiston bokschilari xalqaro turnirda...

22-27 fevral kunlari Ukrainaning Krivoy Rog shahrida boks bo‘yicha sport ustasi A.Asaulenk...

Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi pre...

Shu kunlarda poytaxtimiz og‘ir atletika bo‘yicha oltinchi Xalqaro birdamlik musobaqasiga m...

So`nggi yangiliklar