Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/May/2021   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

Britaniyalik deputat O‘zbekistondagi yangilanish jarayonlarini yuqori baholadi


LONDON, 5-may.  /“Dunyo” AA/. Elchi Said Rustamov Buyuk Britaniya parlamentining aʼzosi - hukmron konservativ partiyasi vakili, O‘zbekiston bo‘yicha umumpartiyaviy parlament guruhining aʼzosi Martin Vikkers bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Suhbat chog‘ida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar, O‘zbekiston – Buyuk Britaniya hamkorligi rivojlanishining bugungi o‘suvchanligi va ustuvor yo‘nalishlar muloqotning asosiy mavzulari bo‘ldi.

Tomonlar parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirishning bugungi holati va istiqbollari, shuningdek, ikki mamlakat mintaqalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini atroflicha muhokama qildi.

Martin Vikkers umumpartiyaviy parlament guruhining aʼzosi sifatida O‘zbekistondagi o‘suvchan yangilanish jarayonlarini diqqat bilan kuzatib borayotganini bildirdi. U mamlakatimizda iqtisodiyotni erkinlashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilayotganini alohida taʼkidladi. Bunday sharoitlar Britaniyaning O‘zbekiston bilan yana-da faol ikki tomonlama iqtisodiy hamkorligi  uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Shuningdek, muzokaralar chog‘ida Linkolnshir mintaqasi va O‘zbekiston kompaniyalari o‘rtasida sanoat, qishloq xo‘jaligi va yashil energetika sohalarida hamkorlikni rivojlantirish imkoniyati masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Shu maqsadda Martin Vikkers  ko‘magida deputat saylangan mintaqa — Linkolnshir grafligining biznes hamjamiyati bilan o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, elchixona vakillari tomonidan mintaqaga safar uyushtirishga kelishib olindi.

Mavzuga oid

Janubiy Koreyadan munosabat: Bizda ham O...

22 mart - Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan Janubiy Koreya jamoatchiligi vaki...

O‘zbekiston elchisi va AQSH Milliy gvard...

O‘zbekiston elchisi Javlon Vahobov va AQSH Milliy gvardiyasi byurosi rahbari general Deniy...

Tuluzada Mirzo Ulug‘bek byustini o‘rnat...

O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi «Shimol-Janub» iqtisodiy va madaniy rivojlanish a...

So`nggi yangiliklar