Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Noyabr/2021   Mustaqillikka 30 yil

Britaniyalik taniqli tarixchi olimga «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishoni topshirildi

LONDON, 24-noyabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonning Londondagi elchixonasida Oksford universitetining global tarix bo‘yicha professori Piter Frankopanga «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishoni topshirildi, deb xabar bermoqda  «Dunyo» AA muxbiri.


Marosimda professor Piter Frankopan o‘zining ilmiy tadqiqotlari va nashrlari bilan Markaziy Osiyo tarixi va madaniyatini o‘rganishga, uning xalqaro miqyosda tanilishiga, Buyuk ipak yo‘li tarixiga qiziqishni ommalashtirishga salmoqli hissa qo‘shgani ta’kidlandi.

Britaniyalik olim O‘zbekiston rahbariyati tomonidan uning ilmiy izlanishlariga qaratilayotgan bunday yuksak e’tibor uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. P.Frankopan O‘zbekistonning minglab yillik tarixi va boy madaniy merosini o‘rganish uning ilmiy faoliyatida markaziy mavzulardan biri ekani hamda ushbu mamlakat tomonidan taqdirlangani esa  ikki karra xursand qilganini ta’kidladi.

Professor O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar, mamlakatning mintaqaviy hamkorlik va mintaqalararo o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlashga qaratilgan ochiq va konstruktiv tashqi siyosatiga ham yuksak baho berdi.

Piter Frankopan o‘zbekistonlik hamkasblari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga, shu jumladan, qo‘shma tadqiqotlar, ilmiy stajirovkalarni tashkil etish, seminar va konferensiyalarda ishtirok etishga qiziqish bildirdi. Olim hamkorlikni mustahkamlash maqsadida yaqin kelajakda O‘zbekistonga borish rejasini ma’lum qildi.

Mashhur tarixchi Piter Frankopan Oksford universiteti huzuridagi Vuster kolleji katta ilmiy xodimi, Oksforddagi Vizantiya tadqiqotlari markazi direktoridir. Uning muallifligida yozilgan «Ipak yo‘li: dunyoning yangi tarixi» kitobida insoniyatning so‘nggi ikki ming yillik tarixi, Osiyo va Yevropani bir-biriga bog‘lagan Buyuk ipak yo‘lining paydo bo‘lishi  tadqiq qilingan.

Mavzuga oid

O‘zbekiston elchisi vatandoshimizga «Xal...

O‘zbekistonning Latviyadagi elchisi Qadamboy Sultonov Tallinnda Estoniyadagi O‘zbek madani...

Simona Suriano: Toshkentda men O‘zbekist...

Italiya deputatlar palatasi a’zosi, “Italiya – Markaziy Osiyo” parlamentlararo do‘stlik gu...

Niagara sharsharasi O‘zbekiston bayrog‘...

1 sentabr kuni AQSH va Kanada chegarasida joylashgan dunyoga mashhur Niagara sharsharasi ...

So`nggi yangiliklar