Uz / Ўз Ru En

Toshkent

18/May/2022   TIV yangiliklari

Bryusselda «YEI-Markaziy Osiyo» siyosat va xavfsizlik bo‘yicha yuqori darajadagi muloqotining navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi

BRYUSSEL, 18 may. /“Dunyo” AA/. Kecha Bryusselda «YEI-Markaziy Osiyo» siyosiy va xavfsizlik masalalari bo‘yicha yuqori darajadagi muloqotining navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA  muxbiri.


Tadbirda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlarining o‘rinbosarlari va Bosh  kotib o‘rinbosari, Yevropa tashqi ishlar xizmatining siyosiy direktori Enrike More ishtirok etdi.

O‘zbekiston delegatsiyasiga  tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov boshchilik qildi.

Ishtirokchilar tomonidan Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi so‘nggi o‘zgarishlar, ular o‘rtasidagi umumiy xavfsizlik muammolari, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha hamkorlik, shuningdek, suv resurslari, energetika, chegara boshqaruvi va savdoni osonlashtirish kabi mintaqalararo hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va Markaziy Osiyo o‘rtasida yaqin aloqalarni o‘rnatishga qaratilgan Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» o‘zaro bog‘liqlik va barqaror rivojlanish bo‘yicha vazirlar konferensiyasini olqishladilar.

Uchrashuvda Afg‘onistondagi vaziyat, afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish yuzasidan ham fikr almashildi.

 

Mavzuga oid

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘...

Rim shahrida tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari...

O‘zbekiston va Ispaniya tashqi ishlar va...

Bugun O‘zbekiston va Ispaniya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida videokonferensaloqa sha...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri “Bir ma...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov joriy yil 23 iyun kuni onlayn shaklda ...

So`nggi yangiliklar