Uz / Ўз Ru En

Toshkent

16/Aprel/2021   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

Bryusselda Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo uchun 2021-2027 yillarga mo‘ljallangan mintaqaviy indikativ dasturi muhokama qilindi


BRYuSSEL, 16 aprel. /«Dunyo» AA/. Kecha mamlakatimizning Bryusseldagi elchixonasi tashabbusi bilan Yevropa Ittifoqi vakillari va Markaziy Osiyo davlatlarining Belgiyadagi elchixonalari xodimlari ishtirokida videokonferensiya o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Tadbirda Yevropa tashqi ishlar xizmati Markaziy Osiyo bo‘limi boshlig‘i Boris Yaroshevich va Yevropa komissiyasining xalqaro sheriklik bo‘yicha bosh direksiyasi sektor rahbari Nikolas Teylor ishtirok etdi.

Videokonferensiyadan maqsad Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo uchun 2021-2027 yillarga mo‘ljallangan mintaqaviy indikativ dasturini ishlab chiqish jarayonini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Yevropa Ittifoqi vakillari ta’kidlaganidek, ushbu yo‘nalishdagi ishlar YeIning Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi delegatsiyalari tomonidan amalga oshirilmoqda, ular mahalliy hokimiyatlar vakillari bilan ustuvor yo‘nalishlarni aniqlash bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazmoqda. Hozirda ushbu dasturning dastlabki ishchi loyihasi shakllantirilgan. Hujjat Yevropa komissiyasining tegishli xizmatlari tomonidan YeIga a’zo davlatlar va xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda o‘rganilmoqda.

Ishlab chiqilayotgan mazkur hujjat Yaqin Sharqdan Tinch okeanigacha bo‘lgan hududni qamrab oluvchi katta dasturning bir qismini tashkil qilishi nazarda tutilgan.

Markaziy Osiyo uchun dastur Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha strategiyasi, amaldagi dasturlari va Yevropa komissiyasining ustuvor yo‘nalishlariga asoslanadi. Shuningdek, ushbu jarayonda YeIning Yevropani Osiyo bilan bog‘lash strategiyasi va koronavirus pandemiyasining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari ham hisobga olinadi. Bundan tashqari, Afg‘onistonning Markaziy Osiyo bilan integratsiyalashuvini qo‘llab-quvvatlash uchun mintaqalararo aloqalarni nazarda tutadi.

Ishlab chiqilayotgan hujjat quyidagi ikkita asosiy ustuvorlikni o‘z ichiga oladi:

- Barqarorlik. Bunda suv va energetika, inson huquqlari, ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish, qonun ustuvorligi va fuqarolik jamiyatini qo‘llab-quvvatlash, tinchlik va barqarorlikka kompleks yondashuv kabi sohalar qamrab olinadi;

- Farovonlik. Raqamli ulanish, tadbirkorlik va mintaqaviy savdo va inson taraqqiyoti yo‘nalishlaridan iborat.

Yangi dastur Yevropa Ittifoqi tomonidan iyun oyi oxirida qabul qilinishi kutilmoqda.

Mavzuga oid

Yaponiyada tahsil olayotgan yurtdoshimiz...

Xabar berganimizdek, Yaponiyada tahsil olayotgan yurtdoshimiz Eldor O‘rinboyev dengizda ch...

O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchisi qat...

O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchisi G‘ayrat Fozilov o‘z missiyasi yakunlanishi arafasida ...

Alisher Navoiyning «Mahbubul qulub» asar...

Joriy yil 16 fevral kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Ijroiya qo‘mitasi binosida ...

So`nggi yangiliklar