Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Sentabr/2022   Izohlar

Bryusseldan munosabat: Samarqand sammiti SHHT makonida transport va logistikaning o‘zaro bog‘liqligini oshirishga hissa qo‘shdi

TOSHKENT, 30 sentyabr. /“Dunyo” AA/. “Samarqand sammiti SHHT makonida transport va logistika o‘zaro bog‘liqligini rag‘batlantirishga hissa qo‘shdi”, dedi «Diplomatic World Institute» tahliliy markazining loyiha menejeri Alberto Turkstra (Bryussel) kecha Toshkentda  bo‘lib o‘tgan  «SHHT Samarqand sammiti: Mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik, barqaror rivojlanishga qo‘shilgan hissa» mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada so‘zlagan nutqida, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


– Samarqandda bo‘lib o‘tgan sammit SHHT makonida transport-logistika o‘zaro bog‘liqligini, jumladan, Tashkilot makonida yangi transport yo‘nalishlari, aloqa va taʼminot kanallarini rivojlantirishga xizmat qildi, - dedi ekspert. - “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li va «Termiz-Mozori Sharif-Kobul-Peshovar» kabi transport yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha shartnomalar imzolangani tadbirning muhim natijasi bo‘ldi.

SHHT makonida zamonaviy transport va tranzit yo‘nalishlari tizimini shakllantirish va bu borada qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish o‘zaro foydali bo‘lib, tashkilotga aʼzo mamlakatlar manfaatlariga javob beradigan muammolarni hal etishga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu konferensiya O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan Tashqi ishlar vazirligi, Markaziy Osiyo xalqaro instituti bilan hamkorlikda SHHT MATT Ijroiya qo‘mitasi ko‘magida tashkil etildi. Unda SHHTga aʼzo davlatlar, shuningdek, qator xorijiy mamlakatlar, jumladan, AQSH, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Vengriya va boshqa davlatlarning ekspert va tahliliy doiralaridan 30 dan ortiq taniqli vakillar ishtirok etdi.

 

Telegram uchun: Bryusseldan munosabat: Samarqand sammiti SHHT makonida transport va logistikaning o‘zaro bog‘liqligini oshirishga hissa qo‘shdi

 

Alberto Turkstra, «Diplomatic World Institute» tahliliy markazining loyiha menejeri

 

Mavzuga oid

Xitoydan munosabat: O‘zbekiston Markaziy...

Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik instituti (MOMIHI) direktori Sayid Shakil Sh...

Buyuk Britaniyadan munosabat: «Ochiq bud...

O‘zbekistonda “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan...

ITSV davlatimiz rahbarining «Hududlarda ...

Davlatimiz rahbarining «Hududlarda tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlar...

So`nggi yangiliklar