Uz / Ўз Ru En

Toshkent

25/May/2023   Hamkorlik

Budapeshtda O‘zbekiston - Vengriya xalqaro tibbiyot forumi bo‘lib o‘tadi

  JENEVA, 25-may. /“Dunyo” AA/. Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 76-sessiyasi ishida ishtirok etish uchun tashrif  bilan  Jenevaga borgan sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov boshchiligidagi O‘zbekiston  delegatsiya vakillari  tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto boshchiligidagi Vengriya delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


Bo‘lib  o‘tgan samarali muloqot  davomida  Vengriya  tomoni bilan bir qator kelishuvlarga erishildi, ikki davlat sog‘liqni saqlash sohasi uchun o‘zaro manfaatli takliflar ilgari surildi.

Vengriya sog‘liqni saqlash tizimi vengriyalik mutaxassislarining murakkab kasalliklarni davolashda erishgan yutuqlari, shuningdek, mamlakat klinikalarining zamonaviy diagnostika uskunalari bilan jihozlangani tufayli Yevropa Ittifoqidagi eng yaxshi tizim hisoblanadi.

Har bir insonning sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bilan birga, yana-da samarali sog‘liqni saqlash tizimini yaratish har ikki davlat uchun tibbiyot sohasida ustuvor vazifa ekanligi taʼkidlandi.

Mamlakatlarimiz tibbiyot kadrlarini tayyorlash, tajriba va texnologiyalar almashish, yangi turdagi dori vositalari hamda  tibbiy asbob-uskunalarni birgalikda ishlab chiqish kabi sohalarda hamkorlik qilish uchun katta imkoniyatlarga ega.

Shu nuqtai nazardan, tomonlar O‘zbekistonda farmatsevtika va tibbiyot yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan Debretsen universiteti filialini ochish xususida fikr  almashdilar.

Shuningdek, Vengriya farmatsevtika kompaniyalari ishtirokida O‘zbekistonda dori vositalari ishlab chiqarish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida Budapeshtda O‘zbekiston-Vengriya tibbiyot forumini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston hududlari va Volgograd viloy...

Mamlakatimiz diplomatlarining Volgogradga tashrifi doirasida mazkur viloyat Iqtisodiy siy...

O‘zbekiston – Janubiy Koreya: mehnat mig...

O‘zbekiston adliya vaziri Akbar Tashqulov hamda bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Noz...

Yaponiya kompaniyasi Surxondaryo viloyat...

O‘zbekiston elchisi Muxsinxo‘ja Abduraxmonov Yaponiyaning «BHN Association» kompaniyasi...

So`nggi yangiliklar