Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/May/2023   Sport

Bugun futbol: O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Jahon chempionatining nimchorak finalida Isroil terma jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazadi

TOSHKENT, 30 may. /“Dunyo” AA/. Bugun Argentinada  davom etayotgan 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatining nimchorak final bahslari boshlanadi, deb xabar  bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


 Ushbu bosqichga yo‘llanma olgan  O‘zbekiston yoshlar  terma jamoasi nimchorak finalda Isroil terma jamoasiga qarshi  maydonga tushadi.

Uchrashuv Argentinaning «Malvinas Arxentina» stadionida bo‘lib o‘tadi.  O‘zbekistonlik futbolchilar  bahsda oq libosda, darvozabon esa to‘q sariq libosda harakat qiladi.

Afsuski, bu o‘yinni jamoamiz sardori  Umarali Rahmonaliyev sariq kartochkalari ko‘payib ketgani bois, o‘tkazib yuboradi.

O‘yinga argentinalik Falkon Yayel bosh hakam sifatida tayinlangan. Unga qanotlarda hamyurtlari Del Yesso Maksimiliano va Rodrigez Fakundo yordam beradi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 31 mayga o‘tar kechasi, soat 02:00 da boshlanadi.

Mazkur bahs g‘olibi chorak finalda Braziliya-Tunis qarama-qarshiligi g‘olibi  bilan kuch sinashadi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston vakillari Gran Prix Zagreb O...

Xorvatiya poytaxti Zagreb shahrida yunon-rum kurashi bo‘yicha mavsumning ilk rasmiy musoba...

Toshkentda taekvonda bo‘yicha Janubiy Ko...

Toshkentda taekvondo bo‘yicha Junubiy Koreyaning O‘zbekistondagi elchisi kubogi uchun tu...

O‘zbekiston vakillari Osiyo qit’asining...

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) har bir qit’aning 20 yoshgacha...

So`nggi yangiliklar