Uz / Ўз Ru En

Toshkent

16/Mart/2023   Sport

Bugun bokschi ayollarimiz Dehlida bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatidagi ishtirokini boshlaydi

DEHLI, 16-mart. /“Dunyo” AA/. Bugun Dehli (Hindiston) shahrida boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati ishtirokchilari ilk janglarini o‘tkazish uchun ringga ko‘tariladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Kecha jahon chempionatining tantanali ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. Xalqaro boks assotsiatsiyasi va milliy federatsiyalar rahbariyati, taniqli sportchilar, ushbu ommaviy sport turi muxlislari ishtirok etgan rang-barang tadbirda O‘zbekiston davlat bayrog‘ini mamlakatimiz terma jamoasi aʼzosi Navbahor Hamidova ko‘tarib chiqdi.

Chempionat tashkilotchilari ayollar boksining istiqboli porloq ekanini taʼkidladi. Dunyo birinchiligida 60 dan ortiq davlatdan 300 dan ziyod sportchi ishtirok etmoqda. O‘zbekiston boksi vakilalari 12 vazn toifasidan 10 tasida raqibalar bilan kuch sinashadi. Sportchilarimiz orasida kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati sovrindori Aziza Yoqubova va yoshlar o‘rtasidagi chempionat kumush medali sohibasi Aziza Zokirova bor. Bosh murabbiy - Elshod Rasulov.

Chempionatning sovrin jamg‘armasi 2,5 million AQSH dollariga teng. Reglamentga ko‘ra, chempionat g‘olibalariga 100 ming dollardan, kumush va bronza medallar sohibalariga esa mos ravishda 50 ming va 25 ming dollardan beriladi.

Bugun terma jamoamiz aʼzolari Feruza Kazakova (-52 kg) Janubiy Koreya vakilasi Juyung Jung, Mahliyo Habibullayeva (-57 kg) esa avstraliyalik Tina Rahimiy bilan kuch sinashadi.

Jahon chempionati 26 martga qadar davom etadi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Butunjahon etnosport konfede...

Turkiyaning Istanbul shahrida V etnosport madaniyat festivali bo‘lib o‘tmoqda

2 iyul — Xalqaro sport jurnalistlari kun...

Ushbu sana 1995 yildan buyon har yili xalqaro miqyosda keng nishonlab kelinmoqda

Toshkent «Katta dubulg‘a» musobaqasiga s...

Bugun poytaxtimizdagi «Humo arena» muz saroyida dzyudo bo‘yicha Toshkent «Katta dubulg‘a» ...

So`nggi yangiliklar