Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Oktabr/2021   Jamiyat

Bugun Koreya Respublikasi Oliy sudi raisining O‘zbekistonga tashrifi boshlanmoqda


 SEUL, 27 oktyabr. /“Dunyo” AA/. Bugun Koreya Respublikasi Oliy sudi raisi Kim Myong Suning O‘zbekistonga tashrifi boshlanmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

27 oktyabrdan 4 noyabrgacha davom etadigan tashrif dasturida O‘zbekiston Oliy va Konstitutsiyaviy sudlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan bo‘lib, tomonlar idoralararo hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qiladi. Shuningdek, Janubiy Koreya Oliy sudi rahbari O‘zbekistonning qator tuman sudlarida bo‘ladi, Buxoro va Samarqand shaharlari hokimlari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi, shuningdek, ushbu tarixiy shaharlarning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qiladi.

Tashrif yakunida ikki mamlakat sud organlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning huquqiy asoslarini yana-da takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston va Janubiy Koreya Oliy sudlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolash rejalashtirilgan. Mazkur hujjat sud-huquq tizimini takomillashtirish, sud hokimiyatining roli va nufuzini oshirish, sud institutlari faoliyatini mustahkamlash, sudlar mustaqilligini taʼminlash va sudyalar tayyorlashda tajriba almashishni nazarda tutadi.

Mavzuga oid

Yaponiyaning ayrim hududlarida yoqqan ku...

Bugun tinimsiz yog‘ayotgan kuchli yog‘ingarchilik tufayli Yaponiyaning janubiy-g‘arbiy qis...

O‘zbekiston va Qozog‘iston Erkin Vohido...

Kecha “O‘zbekkino” Milliy agentligida Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillar...

Oliy Majlis Senatining yalpi majlisi vid...

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining uchinchi yalpi majlisi 2020-yil 24-mart k...

So`nggi yangiliklar