Uz / Ўз Ru En

Toshkent

21/Oktabr/2020   Siyosat

Bugun Oliy Majlis Senatining 8-yalpi majlisi o‘z ishini boshlaydi


TOShKENT, 21 oktyabr. /"Dunyo" AA/. Bugun soat 10.00 da Toshkent shahrida parlament yuqori palatasining majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 8-yalpi majlisi o‘z ishini boshlaydi, deb xabar bermoqda "Dunyo" axborot agentligi muxbiri.

Senat axborot xizmatining xabar berishicha, yalpi majlis videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tadi va www.senat.uz rasmiy veb-sayti hamda yuqori palataning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida, shuningdek «O‘zreport» telekanalida jonli efirda namoyish etiladi.

Majlis kun tartibiga “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, “Jamoat xavfsizligini ta’minlashga doir qonun hujjatlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalari kiritilgan.

Bundan tashqari, Jizzax viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisobоtini eshitish ham nazarda tutilgan.

Qolaversa, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashdagi muammolar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etilishi holati yuzasidan Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuraturaga yuborilgan parlament so‘rovi natijalari muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va sohaga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi holati, qolaversa, tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va nogironlikni aniqlash masalalari borasida Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovlari natijalari ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan.
 

Mavzuga oid

Dushanbeda SHHTga a’zo davlatlar mudofaa...

Bugun Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) a’zo da...

Yevropa Kengashining yuridik soha vakill...

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida Yevropa Kengashi Inson

O‘zbekiston Prezidenti siyosiy partiyala...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun mamlakatimizdagi siyosiy part...

So`nggi yangiliklar