Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Mart/2021   Prezident

Bugun Vengriya Bosh vaziri rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi


TOShKENT, 29 mart. /«Dunyo» AA/. Joriy yil 29-31 mart kunlari Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati ma’lum qilishicha, bo‘lajak oliy darajadagi muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilinadi.

Bundan tashqari, xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashiladi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston va Vengriya yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirokida O‘zbekiston-Vengriya ishbilarmonlar kengashining birinchi yig‘ilishi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Bosh vazir Viktor Orban tashrif dasturiga muvofiq ilmiy va tarixiy ob’ektlar bilan tanishadi.

Tashrif yakunida iqtisodiyot, energetika, ta’lim va kadrlar tayyorlash, madaniyat, hududlararo hamkorlik, bandlik va mehnat munosabatlari sohalarida ikki tomonlama munosabatlarni yanada kengaytirishga qaratilgan kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda.

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari...

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Qozog‘iston Prezident Qasim-Jomart Toqayev bila...

O‘zbekiston Prezidentiga “Uzbekistan air...

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19 aprel kuni “Uzbekistan airways” hamda “Uzbekistan airports...

O‘zbekiston va Yaponiya yetakchilari tel...

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Bosh vaziri Yosixide Suga bilan telefon orqali...

So`nggi yangiliklar