Uz / Ўз Ru En

Toshkent

07/Aprel/2020   Ilm-fan

Buxoro davlat universitetida may oyida ikkita xalqaro onlayn konferensiya o‘tkaziladi

BUXORO, 7-aprel. /«Dunyo» AA/. Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida oliy o‘quv yurtlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan muhim konferensiya va xorijlik hamkorlar bilan uchrashuvlar onlayn tartibda tashkil etilyapti, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manbasiga tayanib.


Buxoro davlat universiteti tomonidan ham shu yilning may oyida ana shunday ikkita xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.

Xususan, «Hozirgi taraqqiyot bosqichida xotin-qizlar sporti: muammo va istiqbollar» mavzusida onlayn xalqaro ilmiy-amaliy anjuman 6-7-may kunlari bo‘lib o‘tadi.

Xalqaro tadbir sakkiz sho‘’bada tashkil etiladi va anjuman materiallari elektron kitob shaklida nashr qilinadi.

Shuningdek, mazkur oliy o‘quv yurtida navbatdagi onlayn xalqaro ilmiy-amaliy anjuman joriy yilning 19-20-may kunlari «Islom sivilizatsiyasida Buxoro ma’naviy-ma’rifiy merosining umumbashariy ahamiyati» mavzusida o‘tkazilishi belgilangan.

Mavzuga oid

Toshkent davlat yuridik universiteti mag...

Toshkent davlat yuridik universiteti AQShning Pensilvaniya davlat universiteti bilan angla...

Ijod, ixtisoslashtirilgan va Prezident m...

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining faoliyatin...

“Ilmdan boshqa najot yo‘q”

Sh.Umarov va U.Muhammadiyevning «Islomda ijtimoiy illatlar muolajasi», B.Amonov va N.Qobi...

So`nggi yangiliklar