Uz / Ўз Ru En

Toshkent

13/Fevral/2020   Jamiyat

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Moskvada o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashdi


MOSKVA, 13 fevral. /«Dunyo» AA/. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Nusratulla Barakaev Moskva davlat texnologiya universitetida qo‘shma dastur asosida ta'lim olayotgan o‘zbekistonlik magistr talabalar bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Uchrashuvda rektor mazkur dastur bo‘yicha ta'lim olayotgan talabalar yaqin kelajakda malakali kadr sifatida o‘z o‘rinlarini topib ketishiga ishonch bildirdi. 

Shuningdek, tadbirda mazkur OTMda o‘zbekistonlik talabalar uchun yaratilgan shart-sharoit, ular tomonidan olib borilayotgan ilmiy ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Qayd etish lozim, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hamda Moskva davlat texnologiya universiteti o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik 2018 yilning may oyidan boshlangan. Mazkur hamkorlik doirasida bakalavr va magistratura bosqichlari talabalarini o‘zaro almashish jarayoni yo‘lga qo‘yilgan.

Mavzuga oid

Saudiya Arabistoni Ramazon oyi munosabat...

O‘zbekiston musulmonlari idorasi, «Vaqf» xayriya jamoat fondi, Saudiya Arabistoni Podshohl...

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamola...

2020-yilgi Ramazon hayiti (Iydul fitr) namozini pandemiya davrida jamoat bo‘lib o‘qish im...

O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurashis...

O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘...

So`nggi yangiliklar