Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Sentabr/2022   Sayyohlik

Buxoro, Zomin va Bo‘stonliq turizm kollejlarida Shveysariya taʼlim tizimi asosida yangi o‘quv dasturlarini joriy etish masalalari muhokama qilinmoqda

ABU-DABI, 26-sentabr. /“Dunyo” AA/.   Mamlakatimizning BAAdagi elchixonasi va Dubaydagi Bosh konsulligi xodimlarining «Facetime Management Service» (“FMS”) kompaniyasi rahbari, Shveysariya biznes kengashi aʼzosi Nadin Patrik Kudin bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


1999 yildan buyon BAAda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan  “FMS” vakili bilan Buxoro, Zomin va Bo‘stonliq turizm kollejlarida mehmonxona boshqaruvi, servis va boshqa yo‘nalishlarda Shveysariya taʼlim tizimi asosida yangi o‘quv dasturlarini joriy etish va boshqa masalalar muhokama qilindi.

O‘zbekiston diplomatlari ushbu 3 ta taʼlim muassasasi bo‘yicha batafsil maʼlumot berish maqsadida alohida  taqdimot o‘tkazdilar.  

Nadin Patrik Kudin “FMS” kompaniyasi faoliyati haqida to‘xtalar ekan, u Shveysariya taʼlim tizimi litsenziyasiga ega ekanini maʼlum qildi.  

Shveysariya biznes kengashi aʼzosi joriy yilning oktyabr oyida O‘zbekistonga borish istagini bildirdi.  Uning aytishicha, safar davomida Toshkent, Jizzax va Buxoro viloyatlaridagi taʼlim muassasalari faoliyatini o‘rganish, shuningdek, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi Monomarkazlar faoliyati bilan tanishish rejalari bor.

Buxoro, Zomin va Bo‘stonliq turizm kollejlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlar bitimini 2022 yil 30 noyabr – 2 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi doirasida imzolashi mumkinligi qayd etildi.

Shu o‘rinda taʼkidlash lozimki, mamlakatimizning BAAdagi diplomatiya vakolatxonalari davlatimiz rahbari  raisligida 19 sentyabr kuni  «Mamlakatimizning ichki va tashqi turizm salohiyatini yana-da oshirish chora-tadbirlari» bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminllash bo‘yicha barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. Xususan, mamlakatimiz elchixonasi Samarqandga sayyohlar oqimini oshirish bo‘yicha hamkor tashkilotlar, BAA va  xorijiy turkompaniyalar bilan aloqalarni yana-da chuqurlashtirmoqda.

Arab davlatlaridagi ziyorat turizmiga nisbatan munosabatni inobatga olib, dastlabki bosqichda BAAning Sharja amirligi bilan O‘zbekiston tarixiy shaharlari o‘rtasida birodarlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilinmoqda.

Bundan tashqari, BAAdan aviaqatnovlarni ko‘paytirish ustida tizimli ishlar olib borilmoqda. 2022 yil 1 sentyabr holatiga ko‘ra, haftasiga 16 ta qatnov amalga oshirilayapti. Yil oxirigacha mazkur ko‘rsatkichni ikki barobarga oshirish rejalashtirilgan - ilk bor Abu Dabi shahridan Toshkent va Samarqand shaharlariga, shuningdek, Dubay shahridan Samarqand, Namangan va Farg‘ona shaharlariga qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasida turizm so...

O‘zbekistonning O‘mon Sultonligidagi elchixonasida ushbu mamlakatning «Akbar Travels» sayy...

"Uzbekistan airways" aviakompaniyasi ich...

"Uzbekistan airways" aviakompaniyasi ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish maqsadida j...

Toshkent xorijlik mutaxassislar yashashi...

“Mercer konsalting” guruhi an’anaviy tarzda xorijliklar yashashi uchun qimmat shaharlar re...

So`nggi yangiliklar