Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/Fevral/2020   Buxoro - Islom olami madaniyati poytaxti

Buxoroda ISESCO hamkorligida xalqaro anjuman o‘tkaziladi

TOSHKENT, 17 fevral. /«Dunyo AA»/. O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligida ISESCO vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo»AA muxbiri vazirlik manbasiga tayanib.


Unda vazir o‘rinbosari Kamola Oqilova, Islom madaniyati markazi rahbari Shoazim Minavvarov va YUNESKOning vazirlik qoshidagi bo‘linmasi mutasaddilari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda joriy yil 14-17 aprel kunlari Buxoro shahrida bo‘lib o‘tadigan Islom mamlakatlarining dunyo miqiyosidagi ilmiy-amaliy, madaniy anjumanini o‘tkazish masalalari muhokama etildi.

“Davra suhbati”da mazkur nufuzli tadbirga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rilayotganligi alohida qayd etildi. 

-14 aprel kuni oliy martabali mehmonlar  uchun anjumanning tantanali ochilish marosimi o‘tkaziladi. Shuningdek, anjumanda ISESCO bosh direktori shaxsan ishtirok etishi biz uchun sharaf, - dedi Shoazim Minavvarov. - Islom markazlaridan biri sifatida biz ham o‘zimizning madaniy merosimiz bilan faxrlanamiz.

Ertaga ISESCO vakillari va ishchi guruh a’zolari xalqaro anjumanga tayyorgarlik masalasini o‘rganish maqsadida Buxoro shahriga boradi.  20 fevral kuni mazkur tadbirni o‘tkazish bo‘yicha ommaviy axborot vositalari uchun matbuot anjumani o‘tkaziladi.

 

Surat: Jakhongir Azimov

Mavzuga oid

Rixiati Salih Najib: Buxoro qadim madani...

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida 2020 yilda «Buxoro – Islom olami madaniyati...

Madaniyat vazirligida ISESCO delegatsiya...

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida mamlakatimizda bo‘lib turgan ISESCO delega...

«Kampirak devori»ning uzunligi 336 kilo...

Buxoro tarixi haqidagi asl haqiqatlar shahardagi qadimiy binolar va bugungi kunda ayrim jo...

So`nggi yangiliklar