Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/Aprel/2020   COVID-19

Buxoroda koronavirusga chalingan yana 10 nafar bemor sog‘aydi


BUXORO, 19-aprel. /“Dunyo” AA/. Bugun Buxoro viloyati ixtisoslashgan tibbiyot muassasasidan koronavirus infeksiyasiga chalingan 10 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Sog‘liqni saqlash vazirligi manbasiga asoslanib.

Shifo topganlarning barchasi joriy yil 25-mart kuni charter reys bilan Rossiyadan Buxoroga olib kelingan va karantinga olingandi.

Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat ixtisoslashgan tibbiyot muassasasiga joylashtirildi. Sog‘ayganlarning 9 nafari erkak, 1 nafari xotin-qizlar. Ularning 3 nafari Samarqand viloyatidan, 2 nafari Qashqadaryo viloyatidan, Toshkent shahri, Navoiy, Surxondaryo, Jizzax va Andijon viloyatlaridan ham bir nafardan hamyurtimiz bor. Ular orasida eng yoshi kattasi 55 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 19 yoshda.

Buxoro viloyati bo‘yicha shu kunga qadar 47 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 57 nafarga yetdi.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 204 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.

Mavzuga oid

Andijonda yana 4 nafar bemor koronavirus...

Shifokorlarning samarali davolash muolajalaridan keyin, so‘nggi tekshiruvlar ularda infeks...

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar...

Mamlakatimizda 3 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, yana 121 holatda kasallik qayd etildi

O‘zbekistonning Qozondagi Bosh konsullig...

Rossiyaning Volga federal okrugi hududida joylashgan va COVID-19 koronavirusi bilan kasall...

So`nggi yangiliklar