Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Iyun/2021   Dolzarb

Buxoroda parlamentlararo global hamkorlik bo‘yicha forum ishtirokchilari BRMlarga erishishda moliyalashtirish va statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish masalalarini muhokama qiladi


BUXORO, 23 iyun. /«Dunyo» AA/. «Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik» mavzusidagi  xalqaro forum o‘z ishini davom ettirmoqda, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA  muxbirlari.

Uchinchi sessiyada O‘zbekiston moliya vazirining o‘rinbosari Ahmadbek Haydarov respublika davlat budjetini shakllantirish va bu jarayonga barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)ni kiritish to‘g‘risida axborot berdi.
Yevrodeputat Rishard Chernetskiy (Polsha), «Kanada-O‘zbekiston» parlamentlaro guruhi raisi Ziyod Abdulatif va BMT TDning Istanbul ofisidagi BRMni moliyalashtirish bo‘yicha maslahatchisi Suren Pogosyan ham sessiyada taqdimot qildi.
To‘rtinchi sessiya statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish va BRMlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tizimlashtirishga bag‘ishlandi.
O‘zbekiston statistika davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari  Mahmudjon Ziyodullayev, MDHning statistika bo‘yicha davlatlararo qo‘mitasi raisi Vladimir Sokolin, Qirg‘iziston Jogorku Keneshi spikeri o‘rinbosari Aida Kasimaliyeva, Koreya Respublikasi Milliy assambleyasi deputati Byong  Chje Il, YUNISЕFning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha monitoring va rejalashtirish bo‘yicha mutaxassisi Siraj Mahmudlu ma’ruza bilan qatnashdi.
Eslatib o‘tamiz, forumning birinchi sessiyasi Barqaror rivojlanish maqsadlarining samarali amalga oshirilishini ta’minlashda parlamentning roliga bag‘ishlandi. Sessiyani Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari  Sodiq Safoyev boshqardi.
Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘mitasi raisi Boriy Alixonov, Osiyo Parlament assambleyasi bosh kotibi Muhammad Rizo Majidiy, Indoneziya Vakillar palatasi spikerining o‘rinbosari Rahmat Gobel va boshqalar ishtirok etdi.
Ular BRM barcha mamlakatlar uchun aholi farovonligini oshirish va Yer sayyorasini himoya qilishga qaratilgan harakatga chaqiriq ekanini bildirdi. Shu nuqtai nazardan, parlamentlar qonunchilikni shakllantirishda, 2030 yilgacha kun tartibini va Barqaror rivojlanish maqsadlarini monitoring qilish va rag‘batlantirishda faol rol o‘ynaydi.
Ishtirokchilar «yashil iqtisodiyot»ga o‘tish sharoitida barqaror rivojlanishga erishishda parlamentning rolini muhokama qildi.
Shu bilan birga, «yashil iqtisodiyot»ni rivojlantirish, jumladan, Orol inqirozining salbiy oqibatlarini kamaytirish va Orolbo‘yi mintaqasining ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik reabilitatsiyasi nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo uchun dolzarb ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Sessiyada ochlik darajasini paysaytirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, barqaror qishloq xo‘jaligini rag‘batlantirish va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
2-sessiya ishtirokchilari mamlakat milliy rivojlanish strategiyasi doirasida BRMlarning amalga oshirilishini ko‘rib chiqdi. Sessiyani Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov va BMT TDning O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska  boshqardi.
Sessiyada O‘zbekistonda davom etayotgan islohotlarning barqaror rivojlanish maqsad va vazifalariga mosligi, Malayziya tajribasi, YEIning BRMlarni amalga oshirish strategiyasi, YEXHT Parlament assambleyasi faoliyati, parlamentlararo aloqalar va turkiy tilli mamlakatlar hamkorligi kabi masalalar muhokama qilindi.
Sessiyalarda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar va yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.

Mavzuga oid

Korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi...

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida «Korrupsiyaga qarshi kurashishda

Toshkent konferensiyasi Yevropa ommaviy ...

«EURACTIV» media portalida jurnalist Vladislav Maksimovning Toshkentda Markaziy va Janubiy...

Xitoy jurnalistlari O‘zbekistonda pandem...

Pandemiya davrida O‘zbekistonda aholi va biznes vakillarining ijtimoiy himoyasini taʼminla...

So`nggi yangiliklar