Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/Iyun/2021   Madaniyat

Buxoroda xalqaro forum arafasida yoshlar xabardorligini oshirishga qaratilgan aksiya o‘tkazildi


BUXORO, 22-iyun. /“Dunyo” AA/. Buxoro shahrida joriy yil 23-24 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan xalqaro forum doirasida yoshlar ishtirokida aksiya tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirni Buxoro viloyati hokimi, O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati aʼzosi Botir Zaripov kirish nutqi bilan ochar ekan, respublikamiz va dunyo tarixida ilk bor Buxoroda tashkil etilayotgan mazkur forum katta  ahamiyatga ega ekanligini, uning tashkil etilishidan ko‘zlangan maqsad va mohiyati xususida atroflicha to‘xtaldi.  

Forum arafasida o‘tkazilayotgan ushbu tadbir 2030 yilgacha Barqaror rivojlanish maqsadlarining muhim strategik mazmun-mohiyatini yoshlar orasida keng targ‘ib etish, bu borada olib borilayotgan ishlarda ertamiz egalarining yana-da faol bo‘lishlari uchun xizmat qilishiga ishonch bildirildi.  

Buxoro yoshlari ham, davlatimiz rahbari taʼbiri bilan aytganda, har sohada faol va tashabbuskor bo‘lib, yurtimizning turli jabhalarida kechayotgan islohotlarga o‘z daxldorlik hissi va teran tafakkuri bilan yondoshishlari ham qarz, ham farz ekanligi alohida taʼkidlandi. Bu borada esa o‘z uyi, mahallasi, yurtini obod qilish dardu tashvishida bo‘lgan farzandlarimizga o‘z imkoniyat va isteʼdodlarini namoyon etishlari uchun barcha sharoit yaratib berilishi davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanligi eʼtirof etildi.

Tadbirda yoshlar uchun bir-biridan qiziqarli dasturlar tashkil etildi. Ularning bilimlari yana bir sinovdan o‘tkazildi. Savol-javoblarda faol ishtirok etgan yigit-qizlarga o‘zbek va jahon adabiyotining durdona asarlari sovg‘a qilindi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston hamda Hindiston o‘rtasidagi ...

«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi direktori v.v.b Anvar Tojiboyev Laʼl Bahodur Shastri no...

Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi ...

Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Pak Byon Sokning kecha Toshkent shahridagi...

O‘zbekiston xalq shoiri Aleksandr Faynbe...

O‘zbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar st...

So`nggi yangiliklar