Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Iyun/2021   Dolzarb

Buxoroda xalqaro forum o‘z ishini davom ettirmoqda


BUXORO, 24-iyun. /«Dunyo» AA/. «Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik» mavzusidagi xalqaro forum bugun Buxoro shahrida o‘z ishini davom ettirdi. Forum ishtirokchilari sessiyalar doirasida guruhlarga bo‘lingan holda turli tematik yo‘nalishlarga oid masalalarni muhokama qilmoqda, deb xabar bemrqda «Dunyo» AA muxbiri.

Jumladan, 5-sessiya ishtirokchilari parlament nazorati, BRMlarning amalga oshirilishini monitoring qilish va baholash jihatlarini ko‘rib chiqmoqda.

Sessiyani Oliy Majlis Qonunchilik palatasining mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi Mavludaxon Xo‘jayeva va Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari, elchi Sharlotta Adrian boshqarmoqda.

Ma’ruzachilarning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda BRMlarning amalga oshirilishi 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan milliy Harakatlar strategiyasi doirasidagi keng ko‘lamli islohotlarga to‘g‘ri kelgan. Shu munosabat bilan, milliy BRM tarmoq va mintaqaviy rivojlanish strategiyasi va dasturlari bilan integratsiya qilingan. Islohotlar samaradorligi 23 ta global reyting (indekslar), shu jumladan global BRM reytingi orqali kuzatib boriladi.

Xususan, O‘zbekistonda valyuta va soliq islohotlari amalga oshirildi, agrar islohotlar davom etmoqda, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlik va rasmiy bandlikni rag‘batlantirish, jumladan, yoshlar va ayollar o‘rtasida investitsiya va innovatsiyalarni jalb etish choralari ko‘rildi. Tashqi savdoni bosqichma-bosqich erkinlashtirish va JSTga a’zo bo‘lish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Yoshlar va xotin-qizlarni barqaror ish bilan ta’minlash, shuningdek, ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirish dolzarb muammolar bo‘lib qolmoqda.

O‘zbekistonda, BRMlarni monitoring qilish bo‘yicha Parlament komissiyasi tashkil etildi, shuningdek, Barqaror rivojlanish maqsadlarini ilgari surishda fuqarolik jamiyati, yoshlar va yetakchi milliy NNTlar faol ishtirok etmoqda.

Sessiyada «BRMni amalga oshirish ustidan parlament nazorati milliy amaliyoti», «BRMni samarali amalga oshirishni monitoring qilish va baholash vositalari», «BRMni amalga oshirish uchun parlament nazorati mexanizmlarini ishlab chiqish», «BRMga erishishda parlamentni o‘z-o‘zini baholash usullari: Indoneziya tajribasi», «Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlament roli – jahon amaliyoti» mavzulari muhokama qilindi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidentining maxsus vakili...

Bugun Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vak...

AQSH ekspertlari: O‘zbekiston diniy erki...

“Dunyo” AA muxbiri Amerika Qo‘shma Shtatlarining Global faoliyat instituti faxriy preziden...

UNIDO “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaq...

O‘zbekistonning Venadagi xalqaro tashkilotlar huzuridagi Doimiy vakili, elchi Abat Fayzull...

So`nggi yangiliklar