28/Mart/2023 Vatandoshlarimiz
LONDON, 28-mart. /“Dunyo” AA/. Buyuk Britaniya poytaxtidagi «Imperial College» oliy bilim yurida Navro‘zga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Navro‘z tantanalari mamlakatimiz elchixona ko‘magida Britaniya oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan vatandoshlar tomonidan tashkil etildi.
O‘zbekistonlik talabalar mamlakatimizning boy madaniy tarixi, milliy anʼanalari va urf-odatlariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazishdi.
Diplomatik missiya xodimlari o‘z chiqishlarida qatnashchilarga Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar, mamlakatimizdagi demokratlashtirish jarayonlari, amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy o‘zgarishlarning mazmun-mohiyati haqida so‘zlab berishdi.
Bayram tadbiri dorasida «Imperial College» oliy bilim yurtida tahsil olayotgan talabalar barchani joriy yilning 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga bag‘ishlangan «Biz befarq emasmiz» shiori ostida fleshmob o‘tkazdilar.