Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Iyun/2022   Konstitutsiyaviy islohotlar

Buyuk Britaniyadagi vatandosh: Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasiga quyilgani Vatanimizda inson qadri har narsadan ustun ekani va davlat manfaatlari xalq irodasining ko‘zgusi sifatida namoyon bo‘lishining isbotidir

LONDON, 28-iyun. /“Dunyo” AA/. “El-yurt umidi” fondi stependiati, Buyuk Britaniyaning Aberdin universitetida Axborot texnologiyalari yo‘nalishi magistratura bosqichida tahsil olayotgan vatandoshimiz Gulnoza Hamidova yangi Konstitutsiya loyihasiga kiritilayotgan o‘zgartirish va tuzatishlar bo‘yicha “Dunyo” axborot agentligiga o‘z munosabatini bildirdi.


– Konstitutsiyamizga kiritilishi taklif etilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning barchasi bugungi dolzarb globallashuv sharoitida fuqarolarimizning kelajagi, farovon hayoti va huquq-erkinliklarini taʼminlash va yana-da mustahkamlash uchun o‘ta muhim jarayon ekanligini ko‘rsatib berdi.

Men O‘zbekistonda Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasiga quyilgani Vatanimizda inson qadri har narsadan ustun ekanligi va davlat manfaatlari xalq irodasining ko‘zgusi sifatida namoyon bo‘lishining isboti, deb taʼkidlamoqchiman.

Konstitutsiyamizning 22-moddasiga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekistondan tashqariga chiqarib yuborilishi yoki boshqa davlatga berilishi mumkin emas va davlat xorijda yashayotgan fuqarolar va vatandoshlar bilan aloqalarning saqlanib qolishi hamda rivojlanishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishiga qaratilgan yangi qo‘shimchalaring kiritilishi biz uchun juda quvonarli hol bo‘ldi.

22-moddaga kiritilishi ko‘zda tutilayotgan mazkur o‘zgartirishlardan O‘zbekiston xorijdagi vatandoshlar bilan har doim yaqin va iliq aloqalarni saqlab qolishga va rivojlantirish uchun tashlanayotgan yangi qadam deb tushunish mumkin.

Men va men kabi yurtdan olisda bilim olayotgan hamda yashayotgan yoshlar uchun Konstitutsiyaga kiritilishi rejalashtirilayotgan bunday o‘zgartirishlar Vatanimizning bizga bo‘lgan g‘amxo‘rligi, deb bilish kishiga yoqimli his beradi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonda hayotga tadbiq etilayotgan...

Qozog‘istonning “Kursiv” biznes saytida O‘zbekistonda hayotga tadbiq etilayotgan iqtisodi...

Eronning yetakchi gazetasida O‘zbekisto...

«Iran News» gazetasida «Yangi O‘zbekiston yangi demokratik Konstitutsiya qabul qilishga i...

Saudiya Arabistonidagi vatandosh: Konsti...

Saudiya Arabistonida doimiy yashovchi vatandosh, ishbilarmon Abdujalil Asrorni mamlakatimi...

So`nggi yangiliklar