Uz / Ўз Ru En

Toshkent

03/Noyabr/2022   Vatandoshlarimiz

Checheniston oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi

ROSTOV, 3 noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Rostov-Don shahridagi Bosh konsuli Burxon Aliqulov Checheniston fan va taʼlim vaziri Xoj-Baudi Daayev bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Muloqot chog‘ida tomonlar O‘zbekiston va Checheniston o‘rtasida taʼlim sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashdi. Chechenistondagi oliy taʼlim muassasalarida 200 nafardan ortiq o‘zbekistonlik yoshlar tahsil olmoqda. Talabalarimizning aksariyati Checheniston davlat universiteti (CHDU) va Grozniy davlat neft texnika universitetidagi taʼlimga qiziqishi yuqoriligi bildirildi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi akademik hamkorlik yildan yilga faollashayotgani taʼkidlanib, anʼanaviy “O‘zbekiston-Rossiya” taʼlim forumi buning yaqqol misoli ekanligi qayd etildi.

Xoj-Baudi Daayev O‘zbekistondagi oliy taʼlim muassasalari, xususan, Samarqand davlat universiteti (SDU) va Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti (O‘zMU) bilan hamkorlik munosabatlari o‘rnatilganligiga eʼtibor qaratib, SDU va CHDU o‘rtasida “ikki diplom” amaliyoti yo‘lga qo‘yilgani va shunday harakatlar O‘zMU bilan ham rejalashtirilayotganini bildirdi.

Vazir O‘zbekiston bilan “ikki diplom” dasturi doirasidagi hamkorlikni rivojlantirish zarurligiga urg‘u berib, mazkur yo‘nalishdagi akademik munosabatlar kelajakda ijobiy natijalarni berishiga ishonch bildirdi.

Tashrif doirasida Checheniston davlat universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalarning o‘quv jarayoni va turmush sharoiti bilan tanishish maqsadida ular bilan uchrashuv o‘tkazildi. Yoshlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, yosh avlod vakillari zamonaviy va sifatli taʼlim olishi, hayotda o‘z iqtidorlarini munosib qo‘llashi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar to‘g‘risida so‘zlab berildi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi, konsullik-huquqiy masalalar yuzasidan maslahatlar berildi.

Mavzuga oid

Janubiy Koreyaning Kyongido provinsiyasi...

Mamlakatimizning Koreya Respublikasidagi elchixonasi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agen...

Germaniyada vatandoshlar bilan uchrashuv...

O‘zbekistonning Frankfurt-Mayndagi Bosh konsulxonasi tomonidan konsullik okrugida doimiy v...

Istanbulda bo‘lib o‘tgan davra suhbati m...

O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan Turkiyada fao...

So`nggi yangiliklar