Uz / Ўз Ru En

Toshkent

02/Fevral/2023   Jamiyat

Chet elliklarni vaqtinchalik ro‘yxatga olish bo‘yicha talablar soddalashtirilmoqda

TOSHKENT, 2-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi soddalashtirilmoqda, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatga olish tartibi takomillashtirilganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 sentyabrdagi 593-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi  qarorida qayd etildi.

“Norma” portali maʼlumotiga ko‘ra, hujjat bilan chet el fuqarolarini migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari, joylashtirish vositalari yoki davolash muassasalarida vaqtincha ro‘yxatga olish uchun yagona muddat o‘rnatilmoqda – 3 kun ichida.

Shuningdek, mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzgan, shuningdek, boshqa qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni joylashtirish vositalari va davolash muassasasida vaqtincha ro‘yxatga olishni faqat ichki ishlar organlaridan ruxsat olingandan keyin amalga oshirish tartibi bekor qilinmoqda.    Endilikda bunday huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni joylashtirish vositalari va davolash muassasalarining maʼmuriyati, xususiy uy-joy egalari hududiy ichki ishlar organlariga “E-mehmon” dasturi orqali xabar bergan holda joylashtiradi.

Mavzuga oid

Tashqi ishlar vazirligida «O‘zbek tilini...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi tomonidan mamlakatimiz Vazirlar Mahkamasining Davlat t...

“Uzbekistan airways” Navro‘z bayrami mun...

“Uzbekistan airways” AJ Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan o‘tkazilayotgan aksiya d...

O‘monda “Navoiyga ehtirom” mavzusida mad...

Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan O‘zbekistonning O‘mondagi elchix...

So`nggi yangiliklar