Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Sentabr/2022   Madaniyat

Chimkent shahrida o‘zbek tili, madaniyati va ananalariga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

 


OLMAOTA, 26-sentabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi ko‘magida Chimkent shahrida Qozog‘iston o‘zbeklarining “Do‘stlik” hamjamiyati tomonidan o‘zbek xalqining tili, madaniyati va ananalariga bag‘ishlangan bayram tadbiri tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda Qozog‘iston tomoni bilan birga O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Azamat Toshev  boshchiligidagi olimlar, taniqli adiblar, sanʼat va madaniyat arboblaridan iborat mamlakatimiz delegatsiyasi ishtirok etdi.

Mehmonlar dastlab Chimkent shahri “Do‘stlik” uyi oldidagi maydonchada Qozog‘iston o‘zbeklari etno-madaniy markazlari tomonidan  tashkil qilingan o‘zbek xalqining tili, madaniyati va ananalariga bag‘ishlangan ko‘rgazma bilan tanishdilar.

Qozog‘iston xalqi Assambleyasi raisining o‘rinbosari Marat Azilxanov o‘z nutqida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ittifoqchilik darajasiga ko‘tarilgan do‘stona munosabatlarga yuqori baho berdi. «Mamlakatda rivojlanish va barqarorlikni taʼminlashda o‘zbek millatiga mansub vatandoshlarimizning munosib o‘rni bor. Shu o‘rinda ularning o‘z tili, madaniyati va ananalarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidlash joiz», dedi Marat Azilxanov.

O‘z navbatida, O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari Azamat Toshev qardosh O‘zbekiston va Qozog‘iston xalqlari o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik va do‘stlik rishtalarini yana-da mustahkamlashda mahalliy o‘zbeklarning rolini ijobiy baholadi, ularga mamlakatda o‘zbek tili va adabiyotini keng targ‘ib qilishda yangidan-yangi muvaffaqiyatlar tiladi.

O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan Qozog‘iston o‘zbeklarining “Do‘stlik” hamjamiyati rahbariyatiga mamlakatdagi o‘zbek maktablari va kitobxonalariga tarqatish uchun 5 mingdan ortiq o‘zbek adabiyoti namunalari taqdim etildi.

Tadbir davomida mahalliy “Tarona” milliy cholg‘u ansambli, O‘zbekistondan kelgan sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar  barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Mavzuga oid

Utrext shahrida «O‘zbek tilining izohli ...

Kecha Niderlandiyaning Utrext shahrida bir guruh vatandoshlar ishtirokida «O‘zbek tilining...

Malayziyada istiqomat qilayotgan vatando...

O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi tomonidan ushbu mamlakatda istiqomat qilayotgan ...

O‘zbekistonda Yapon qo‘g‘irchoqlari ko‘r...

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida yapon qo‘g‘...

So`nggi yangiliklar