Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/Oktabr/2020   Dolzarb

Chixo Miyazaki: O‘zbek tilini bilgan yapon tarixan boy ma’naviy xazina topgandek bo‘ladi


TOShKENT, 19 oktyabr. /«Dunyo» AA/. «Qadring baland bo‘lsin, ona tilim» xalqaro tanlovining «O‘zbek tilining xorijdagi targ‘ibоtchisi» yo‘nalishida uchinchi o‘rin sohibi, «Buyuk ipak yo‘li» jamiyati asoschisi, «Yaponlar uchun o‘zbek tili qo‘llanmasi» kitobi muallifi, professor Chixo Miyazaki «Dunyo» AA muxbiriga tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi oldidan eksklyuziv intervyu berdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

— Bugun men juda baxtiyorman, - dedi yapon olimasi. - O‘zbekistonda e’lon qilingan «Qadring baland bo‘lsin, ona tilim» xalqaro tanlovida qatnashganim va unda sovrindorlar qatoridan o‘rin olganimdan juda mamnunman.

O‘zbek xalqi tomonidan mening faoliyatim yuqori baholangani menga juda katta mas’uliyat yuklaydi. Bu men uchun juda katta sharafdir.

Mening hayotimga o‘zbek tilidan oldin o‘zbeklar kirib kelgan desam adashmagan bo‘laman. O‘zbek tili, avvalo, jarangdor tovushlari, ko‘ngilga yaqin ohanglari bilan meni o‘ziga rom etdi.

Birinchi bo‘lib o‘zbek tilini Nagoya universitetida talabalar bilan birga dars jarayonida o‘rganishni boshladim. Keyin o‘quv dasturi bo‘yicha O‘zbekistonja bo‘ldim.

Shu vaqt oralig‘ida men yaponlar uchun «Yaponlar uchun o‘zbek tili qo‘llanmasi»ni tayyorlashga kirishdim. Men ushbu risolani tizimli formulalarga solib, yaponlar uchun qulay o‘rganish uslubini yaratdim.

Bu kitob Yaponiyaning eng nufuzli nashriyotlaridan birida chop etildi. U ilk qadam sifatida men uchun o‘ziga xos ma’naviy ozuqa bo‘ldi. Umid qilamanki, keyinchalik yapon tadqiqotchilari bu ishni davom ettirib, uni yangi bosqichga ko‘taradi.

Men yapon tilida hurmat shaklidagi so‘zlar ko‘p desam, o‘zbek tili ham undan qolishmas ekan. Masalan, «ijozat bersangiz», «ruxsat bersangiz» kabi o‘zbek tilidagi iboralarning ishlatilishi yapon tiliga juda yaqin.

Grammatik jihatdan o‘zbek va yapon tillari bir biriga juda o‘xshaydi. O‘zbek tilini bilgan yapon tarixan boy ma’naviy xazina topgandek bo‘ladi.

Men o‘zbek tilini tinglasam, o‘zimni go‘yo ko‘hna Buyuk ipak yo‘li zamonlarida yurgandek his qilaman. O‘zbekiston - mening taqdirim. O‘zbek do‘stlarim mening katta boyligim va ular bilan bog‘laydigan o‘zbek tili esa halol odamlar yashaydigan dunyoning kalitidir.

Mavzuga oid

Xalqaro yo'lovchi tashish transportlar h...

O'zbekiston Respublikasi hukumati topshirig'iga binoan, 16 mart kunidan boshlab O'zbekist...

O‘zbekiston Xalqaro zaytun yetishtiruvch...

Gruziya raisligidagi Xalqaro zaytun yetishtiruvchilar kengashining (IOS) 111-yalpi yalpi m...

Shavkat Mirziyoyev: Bironta xonadon, bir...

Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatida bo‘lib turibdi.

So`nggi yangiliklar